Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHHT MATT KENGASHINING 28-MAJLISI TO‘G‘RISIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHHT MATT KENGASHINING 28-MAJLISI TO‘G‘RISIDA

Toshkent shahrida 2016-yil 8-aprel kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Qozog‘iston Respublikasi raisligida o‘tgan majlisda Qozog‘iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etdi.

Majlisda ShHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2013-2015-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirish yakunlari va ShHT MATT Kengashi qarorlari ijrosi muhokama qilindi. ShHT Davlat rahbarlari kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan ShHT MATT Kengashining mazkur xalqaro tuzilmaning 2015-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi ma’ruzasi loyihasi ma’qullandi. ShHT MATT faoliyati terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi hozirgi kundagi tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish borasidagi talablarga javob berishi ta’kidlandi.

ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlarining internet tarmog‘idan terrorizm, separatizm va ekstremizm maqsadlarida foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan “Syamin – 2015” birgalikdagi o‘quv mashqlari yakunlariga yuqori baho berildi.

Majlis ishtirokchilari hozirgi kundagi tahdid va xavf-xatarlar, jumladan, xalqaro terroristik tashkilotlar tomonidan bo‘layotgan xurujlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar yuzasidan kelishib oldi. Shuningdek, aholi o‘rtasida diniy-ekstremistik g‘oyalarga qarshi immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan ishlarni takomillashtirish masalalarini muhokama qildi.

2016-yilning IV choragida ShHTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar delegatsiyalari ishtirokida xalqaro terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan to‘rtinchi ilmiy-amaliy konferensiyani o‘tkazishga kelishildi.

2014-yilda Shanxay hamkorlik tashkiloti Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash kotibiyati bilan rasmiy aloqalar o‘rnatgan edi. Majlisda terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasida sheriklikni yo‘lga qo‘yish maqsadida ShHT MATT va ushbu tashkilot o‘rtasida hamkorlikni nazarda tutuvchi hujjatlar loyihalari ma’qullandi.

ShHT MATT faoliyatini rivojlantirish va ShHTga a’zo davlatlar vakolatli organlari hamkorligini mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun mazkur davlatlar vakolatli organlarining qator xodimlari va ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasining mas’ul xodimlari rag‘batlantirildi.

ShHT MATT Ijroiya qo‘mitasi faoliyatini tashkiliy va kadrlar bilan, moliyaviy ta’minlash, ShHTga a’zo davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga doir masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

ShHT MATT Kengashi majlisi ishchanlik va amaliy ruhda o‘tdi.

O‘zA