“SHHT MAYSAZORI”NI BARPO ETISH MAROSIMIDA O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASINING ISHTIROKIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 29-aprel kuni Pekin shahrida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ShHT Kotibiyatida “ShHT maysazоri”ni barpo etish marosimida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston TIV delegatsiyalari rahbarlari joriy yilda 15 yoshga to‘lgan tashkilotning o‘suvchi salohiyatinining ramzi bo‘lgan daraxtlarni o‘tqazdilar.
Hozirgi paytda ShHT 6 ta a’zo davlatlar, 6 ta kuzatuvchi davlatlar (Afg‘oniston, Belarus, Eron, Hindiston, Mo‘g‘uliston va Pokiston) va 6 ta muloqot bo‘yicha sheriklarni (Armaniston, Kambodja, Nepal, Ozarbayjon, Turkiya va Shri-Lanka) qamrab olgan.