SHHT MILLIY KOORDINATORLARI KENGASHINING YIG‘ILISHIGA DOIR
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2015-yilning 17-20-noyabr kunlari Pekin shahrida (Xitoy) Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida ShHTga a‘zo davlatlar hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) Kengashining shu yilning dekabr oyida Xitoyda bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik holati, ishchi va ekspert guruhlarining turli yo‘nalishlar bo‘yicha oktabr-noyabr oylarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari natijalari muhokama qilindi.
2016-yilga mo‘ljallangan ShHTga a’zo davlatlar asosiy tadbirlar Rejasi loyihasiga, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida kelgusi yilda hamkorlik Dasturlariga va tashkilot kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Milliy koordinatorlarning uchrashuvlari bilan bir qatorda ShHTga a’zo davlatlarning tashkilot kengayishi masalalari bo‘yicha ekspertlar ishchi guruhi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tdi.