SHHT OLIY SUDLARI RAISLARI ISLOM KARIMOV HAYKALI POYIGA GUL QO‘YDI
 Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
						Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili
					 
				
					 
						 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
						O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
					 
				
					 
						
						O’zbekistonning Investitsion Salohiyat
					 
				
					 
						 Uchrashuvlar
						Uchrashuvlar
					 
				
					 
						 XMT doirasidagi xamkorlik
						XMT doirasidagi xamkorlik 
					 
				
					 
						 BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
						BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari
					 
				
					 
						 Press-relizlar
						Press-relizlar
					 
				
					 
						 Vakolatxona yangiliklari
						Vakolatxona yangiliklari
					 
				
					 
						 Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
						Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
					 
				
					 
						 O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
						O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni
					 
				
					 
						 Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
						Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod
					 
				
					 
						 Sayyohlik
						Sayyohlik
					 
				
					 
						 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
						8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni
					 
				
					 
						 O’zbekiston matbuoti daydjestlari
						O’zbekiston matbuoti daydjestlari
					 
				
					 
						 2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
						2022 — 2026  ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА
					 
				
					 
						 Конституциявий ислоҳотлар
						Конституциявий ислоҳотлар
					 
				
					 
						 Boshqa yangiliklar va voqealar
						Boshqa yangiliklar va voqealar
					 
				
				
					Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
 
					Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n ikkinchi yig‘ilishi qatnashchilari 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Mehmonlar buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi bilan tanishish chog‘ida delegatsiya a’zolariga ushbu ob’ektda amalga oshirilgan bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.
– Islom Karimov mustaqil O‘zbekiston davlatiga asos solgan, mamlakat ravnaqi, xalqning tinch va farovon hayotini ta’minlashga butun umrini baxshida etgan tarixiy shaxs, – dedi Pokiston Islom Respublikasi Oliy sudi katta sudyasi G.Ahmad. – U kishi boshlab bergan ishlar bugun O‘zbekistonda yangicha miqyos va talablar asosida davom ettirilayotir.
Mehmonlar Hazrati Imom majmuasi, Toshkent viloyatidagi Zangiota majmuasini ziyorat qildi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bilan tanishdi. Ushbu majmualar misolida mamlakatimizda tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash, yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yuksak baho berildi.
Delegatsiya a’zolari Toshkentning diqqatga sazovor boshqa joylarida ham bo‘ldi.
 
 
		 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
					 
				
			 
				 
  
 



















