SHHT TASHQI ISHLAR VAZIRLARI KENGASHI YIG‘ILISHI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 20-21-aprel kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ShHT Bosh kotibi Rashid Alimov hamda ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasining direktori Yevgeniy Sisoyev ishtirokida 2016-yil 23-24-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Davlat rahbarlari kengashi (DRK) va 2016-yil 2-3-noyabr kunlari Bishkek shahrida o‘tkazilgan Hukumat rahbarlari kengashi (Bosh vazirlar) yig‘ilishlaridan keyingi davrdagi tashkilot faoliyatining holati va rivojlanishini muhokama qilishdi. Shuningdek, keng qamrovli munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va takomillashtirish, Ostonada bo‘ladigan DRK yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Toshkent sammiti qarorlarini ijro etish uchun vazirlar tomonidan ShHT DRKga ko‘rib chiqish uchun Hindiston va Pokistonni ShHTga a’zolikka qabul qilish jarayonining yakunlanishi va ularga tashkilotga a’zo davlat maqomi berilishi bo‘yicha qarorlar loyihalari kiritildi.
Yig‘ilishda ShHT Kotibiyatining 2016-yildagi ishlar bo‘yicha hisoboti tasdiqlanib, ShHT MATT faoliyati haqida axborot tinglandi.
Vazirlar tashkilotning hozirgi faoliyatiga oid qator masalalar bo‘yicha ham qarorlar qabul qildilar.