SHHTGA A’ZO DAVLATLAR OLIY SUDLARI RAISLARI KENGASHIDA O‘ZBEKISTON DELEGATSIYASI ISHTIROKIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oliy sud raisi o‘rinbosari Qo‘chqor Tog‘ayev boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi 2015-yilning 3-6-sentabr kunlari Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining 10-Kengashida ishtirok etadi.
Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston sud organlari rahbarlari sudyalar kvalifikatsiyasini oshirish sohasida tajriba almashishadi, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha hamda sha’n, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘sini himoya qilishga oid nizolarni hal etish bo‘yicha sudlar amaliyotini, shuningdek, ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning boshqa masalalarini muhokama qilishadi.
Kengash yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonotni qabul qilish rejalashtirilmoqda.