Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SHRI PRAKASH: “O’ZBEKISTON - JAHONNING BARQAROR RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLARIDAN BIRI”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SHRI PRAKASH: “O'ZBEKISTON - JAHONNING BARQAROR RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLARIDAN BIRI”

Mamlakatmiz Mustaqilligining 24 yillik bayrami arafasida Hindistonning taniqli ijtimoimy-siyosiy va ilmiy-akademik doiralari vakillari ham xalqimizning eng ulug’ bayrami munosabati bilan o’z tabriklarini yo’llashmoqda. Ularda mamlakatimiz bosib o’tgan mustaqilllik yo’li haqidagi fikr-mulohazalar ham o’z ifodasini topgan.

Hindistondagi Jamiya Milliya Islomiya universitetining Xalqaro Tadqiqotlar akademiyasi direktori, professor Shri Prakash:

— Suveren rivojlanish yillari mobaynida O’zbekistonda ulkan ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Mamlakatda keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. O’zbekiston siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jabhalarda, shuningdek, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa qator sohalarda kattadan-katta muvafaqqiyatlarni qo’lga kiritdi. Bugungi erishilgan yutuqlar Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning “o’zbek modeli”ni izchil ravishda hayotga tatbiq etishning natijasi, deb hisoblayman.

O’zbekiston bugungi kunda dunyoning barqaror rivojlanib borayotgan davlatlari qatoriga kiradi. Bunga bir necha yillar davomida mamlakat yalpi ichki mahsulotining o’sish surati 8 foizdan kam bo’lmayotgani hamda aholi yashash darajasi va sifatining yildan-yilga oshib borayotganini yaqqol misol sifatida keltirish mumkin. Shu o’rinda O’zbekistonda har yangi yilni aniq bir ijtimoiy sohaga bag’ishlash an’anaga aylanib qolganini alohida ta’kidlashni istar edim. 2015-yil mamlakatda “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi va bu yo’nalishdagi tegishli Davlat dasturi qabul qilindi. Yil boshidan buyon mazkur dastur doirasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 1,5 trillion so’m va 37,4 million AQSh dollari miqdorida mablag’ sarflangani e’tirofga loyiq dalil.

O’zbekistonda ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor ham maqtovga sazovordir. Sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lishlari hamda o’zlarining iqtidor va salohiyatlarini namoyish etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.

Fursatdan foydalanib, do’st o’zbekistonliklarni mamlakat Mustaqilligi bayrami bilan chin yurakdan qutlayman, ularga mustahkam tinchlik, cheksiz baxtu iqbol va farovonlik tilayman.

“Jahon” AA, Dehli