SHUKUR BURHONOV TAVALLUDINING 105 YILLIGIGA BAG‘ISHLANGAN MADANIY KECHA BO‘LIB O‘TDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan «Sahnada yashamoq kerak» deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyorlari, Sh.Burhonovning oila a’zolari, maslakdoshlari, Glier nomidagi RIMAL o‘quvchilari, O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti talabalari hamda kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida ishtirokchilar e’tiboriga «O‘zbekkino» Milliy Agentligi tomonidan tasvirga olingan «Shukur Burhon» videofilmi namoyish etildi, shuningdek, ular O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonov gavdalantirgan obrazlar muhrlangan fotosuratlarni tomosha qildilar.
Tadbir doirasida tashkil qilingan Gamlet, Farhod, Edip, Ulug‘bek, Brut, Yalangto‘sh va ko‘pgina boshqa obrazlarni yaratgan Shukur Burhonov ijodiga bag‘ishlangan kitoblar, fotosuratlar, maqolalaridan iborat kitob-rasmli ko‘rgazma ham tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.
“Jahon” AA