“SHUM BOLA - 2015” FESTIVALIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Shum bola - 2015” bolalar va o’smirlar uchun nemis kinosi festivalidoirasida bo’lib o’tgan tadbir chog’ida “Jahon” axborot agentligi muhbiri festivalga martabali mehmon sifatida tashrif buyurgannemis kinorejissyori Frederik Steynerbilan suhbatda bo’ldi.
U mamlakatimiz haqidagi taassurotlari va kelgusdagi rejalari haqida o’rtoqlashdi:
— Men O’zbekistondek betakror va quyoshli o’lkaga tashrif buyurish sharafiga muayssar bo’lganimdan behad mamnuman. Bu yerda rejalashtirilgan ishlarim juda ko’p bo’lganligi sababli o’zim xohlagan barcha joylarni bo’rib ko’rish imkoniyati bo’lmadi. Shunday bo’lishiga qaramasdan Samarqand shahrida bo’lib qaytdim. Haqiqatdan ham “sharq gavhari” bo’lmish ushbu qadimiy shaharda moziy bilan hozirgi zamonning ajoyib uyg’unligi mavjud. Rejissyor sifatida, shaxsan men uchun mahalliy rang-baranglik va urf-odatlar ulkan ilhom manbayi hisoblanadi. Yurtingizda istiqomat qilayotgan odamlarning mehmondo’stligi va samimiy munosabati meni hayratda qoldirdi. Iliq va dunyoning hech bir yerida uchramaydigan o’zbekona mehmon kutish har qanday qanday chet ellik sayyohning xotirasida eng yorqin sahifa sifatida butun umr muhrlanib qoladi.
O’zbekistonga yana bir bor kelish taklifini bajonudil qabul qilaman. Shu o’rinda o’zbek kino ustalari bilan hamkorlikka tayyor ekanligimni yana bir bor ta’kidlashni istar edim.
“Jahon” AA