SHVETSIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
2016-yilning 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shvetsiya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Stokgolm shahrida) Ingrid Tersmanni qabul qildi.
Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Shvetsiya kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa sohalardagi, shuningdek «O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi» shaklidagi ikki tomonlama munosabatlarning bosqichma-bosqich rivojlanishi istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.