SHVEYSARIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 9-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Shveysariya Konfederatsiyasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Shtefan Klyotslini qabul qildi.
Elchi ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlarining dolzarb masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, 2014-yilning noyabrida Shveytsariya Konfederatsiyasi Prezidenti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amaldagi raisi Didie Burkhalterning O‘zbekistonga tashrifi hamda Prezident Islom Karimov bilan bo‘lib o‘tgan mufassal muzokaralar oliy darajadagi siyosiy muloqotni mustahkamlash va ikki tomonlama aloqalarga yangi tus berish imkonini yaratdi.
Suhbat chog‘ida muntazam vazirliklararo muloqotlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish, parlamentlararo almashinuvlarni yo‘lga qo‘yish, ikki davlat biznes doirasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.