Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Sifati yuqori, tejamkor va qulay

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Sifati yuqori, tejamkor va qulay

Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mototexnika vositalariga ana shunday ta’rif berilmoqda. Kecha Toshkent shahrida ish boshlagan “Chang Hao Group” mas’uliyati cheklangan jamiyatining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Lifan Industry Group Co.Ltd” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur korxona mototexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.

Tadbirda so’z olganlar ta’kidlaganidek, O’zbekistonda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, xorijlik investorlarga berilayotgan imtiyoz va preferensiyalar ularning iqtisodiyotimizga bo’lgan qiziqishini tobora oshirmoqda. Natijada jalb etilayotgan chet el investitsiyalari hajmi yil sayin ko’payib, istiqbolli yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotir. Birgina 2014-yilda iqtisodiyotimizga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 3 milliard AQSh dollaridan ziyodni tashkil qilgani, shuning to’rtdan uch qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ekanligi buning yaqqol dalilidir.

Ma’lumki, O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy sohalardagi aloqalar jadal rivojlanib borayapti. Bunda, avvalo, ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlari chog’ida imzolangan hujjatlar huquqiy asos bo’lib xizmat qilmoqda. Oxirgi yetti yil davomida o’zaro savdo aylanmasi 5 martadan ziyodga ko’paygani ana shundan dalolat beradi.

- So’nggi ikki yil davomidagi kuzatishlarimga asoslanib, aytishim mumkinki, O’zbekiston iqtisodiyoti barqaror va jadal sur’atlarda rivojlanayapti, - deydi “Chang Hao Group” korxonasining ta’sischisi King Chang xonim. - Ayni shu jihat hamkorligimizning yanada mustahkamlanishida muhim omil bo’ldi. Gap shundaki, dastlab yurtingizga turli rusumdagi mototexnika vositalarini yetkazib bergan bo’lsak, endilikda ularni shu yerda ishlab chiqarishni ham yo’lga qo’ydik. Chunki buning uchun biz, xorijlik hamkorlarga barcha shart-sharoit yaratib berilgan.

Qolaversa, mamlakatingiz aholisi, ayniqsa, yoshlari hayratomuz texnik salohiyatga ega. Bevosita ularning ko’magida juda qisqa vaqt ichida yuqori sifatli, tejamkor va har tomonlama qulay bo’lgan mototsikllar ishlab chiqarishga kirishdik.

Ta’kidlash kerakki, “Chang Hao Group” korxonasida loyihaning birinchi bosqichi doirasida 350 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya o’zlashtirildi. Buning evaziga xorijning zamonaviy texnologik liniyalari o’rnatilib, olti rusumdagi, ikki va uch g’ildirakli mototsikllar tayyorlash boshlandi. Ular, asosan, qishloq xo’jaligi va kommunal soha uchun mo’ljallangan, iqtisodiy tarafdan esa juda tejamkor. Aytaylik, uch g’ildirakli mototsikllarning tezligi soatiga 80 kilometrgacha yetsa-da, 3,5 litr yonilg’i sarflaydi. Ular yordamida bir paytning o’zida 650 kilogrammdan ortiq yukni manzilga eltish mumkin. Bu dehqon va fermer xo’jaliklari uchun ayni muddaodir.

- Mototsikllar uchun zarur butlovchi hamda ehtiyot qismlarning 45 foizi mahalliylashtirildi, - deydi korxona bosh mexanigi Rustam Seyitov. - Shassi, butlovchi va plastik qismlar shular jumlasidan. Loyihaning keyingi bosqichlarida bu ko’rsatkichni 70-80 foizga chiqarish, shuningdek, mototexnikalar rusumini yanada ko’paytirish mo’ljallanayapti. Buning uchun esa imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetarli.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, “Lifan Industry Group Co.Ltd” kompaniyasi Xitoydagi eng yirik mashinasozlik zavodlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mototsikllar, yengil avtomobillar, avtobuslar, shuningdek, ushbu texnikalar uchun dvigatellar dunyoning 170 davlatiga eksport qilinadi. Hamkor mamlakatlar orasidan O’zbekistonda yangi zavodning ochilishi barqaror rivojlanayotgan iqtisodiyotimizga bo’lgan yuksak ishonch, sanoatimizga berilgan yuqori bahoning yorqin namunasidir.

Ayni paytda korxonada 35 nafar kishi mehnat qilmoqda. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi.

- Kollejni tamomlab, mana shunday zamonaviy korxonada ish boshlaganimdan judayam xursandman, - deydi Doniyor Rustamov. - Qarang, mehnat qilishimiz uchun barcha shart-sharoit yaratib berilgan. Maoshimiz ham ishimizga yarasha. Ishga kelib-ketishimiz uchun yangi mototsikl berishdi. Uni minib, ko’chaga chiqqanimda, g’ururlanib ketaman. Axir bu zamonaviy ulovni o’z qo’llarimiz bilan tayyorlaganmiz-da.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida “Lifan” brendi ostida yiliga o’rtacha 1000 ta mototsikl ishlab chiqariladi. Kelgusida elektr skuterlar, velosipedlar va generatorlar tayyorlash ham rejalashtirilgan. Mototexnikalar fermer xo’jaliklariga lizing asosida yetkazib berilishi mo’ljallanayotgani esa qishloq mulkdorlari uchun yana bir qulaylikdir.

Qisqasi, mamlakatimizga jalb qilinayotgan sarmoyalar, eng avvalo, zamonaviy sanoat korxonalari barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga yo’naltirilayaptiki, pirovardida bu ichki bozorni mana shunday import o’rnini bosuvchi mahsulotlar bilan to’ldirish imkonini bermoqda.

www.xs.uz