SINGAPUR ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Singapur Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ikki tomon munosabatlari va xalqaro kun tartibning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yurtimizga tashrif buyurgan Elchi O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralari hamda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvlar samarali bo‘lganligini qayd etdi. Ushbu uchrashuvlarda hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda aloqalarni izchil rivojlantirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi ta’kidlandi.