SIRDARYO VILOYATIDA 15 MINGDAN ORTIQ YOSH SAYLOVDA BIRINCHI MARTA OVOZ BERADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo saylov okrugida tashkil etilgan 271 saylov uchastkasining barchasida ushbu muhim siyosiy tadbirga puxta hozirlik ko‘rilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mustahkam milliy saylov qonunchiligi yaratilgani fuqarolarning o‘z xohish-irodasini demokratik tamoyillarga mos tarzda emin-erkin ifoda etishi, konstitutsiyaviy huquqidan to‘laqonli foydalanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Uchastka saylov komissiyasi a’zolari ishini samarali tashkil etish va saylovchilarga qulaylik yaratish maqsadida uchastka markazlari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, davlat korxonalari va jamoat tashkilotlarining zamonaviy binolarida joylashtirilgan.
– Uchastka saylov komicsiyalari a’zolarining 67 foizi avval ham ushbu siyosiy tadbirda komissiya tarkibida faoliyat yuritgan va muayyan amaliy tajribaga ega, – deydi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi raisi S.Qudratov. – Viloyatda 529 ming 810 saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 15 mingdan ortig‘i birinchi marta ovoz beradigan yoshlardir. Har bir uchastkada saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Saylov uchastkalari davlat ramzlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, ovoz berish kabinalari va zarur adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanmoqda. Saylov qonunchiligiga oid ma’lumotlar, saylovchilar huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi targ‘ibоt-tashviqot vositalari ko‘rinarli joylarga osib qo‘yilgan.
Guliston shahridagi 6-saylov uchastkasi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 6-umumta’lim maktabi binosida joylashgan. Mahallada 2 ming 200 dan ziyod saylovchi bo‘lib, ularning 20 nafari ushbu muhim siyosiy tadbirda birinchi marta ishtirok etadi. Mebel, zamonaviy aloqa, yoritish va isitish vositalari, me’yoriy hujjatlar va boshqa zarur materiallar bilan jihozlangan uchastkada saylovoldi tayyorgarlik ishlari milliy qonunchiligimiz va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlar rejasi asosida olib borilmoqda.
O’zA