SIRDARYODA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SAYLOVINI O‘TKAZUVCHI 271 SAYLOV UCHASTKASI TUZILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo` okrug saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda xalqaro mezonlarga mos mustahkam milliy saylov qonunchiligi yaratilgani fuqarolarning o‘z xohish-irodasi va huquqidan demokratik tamoyillar asosida erkin foydalanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
– “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, tuman va shahar hokimliklari, harbiy qismlar komandirlarining saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi taqdimnomalari ko‘rib chiqildi, – deydi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasi raisi Solijon Qudratov. – Viloyatda saylovchilarning umumiy soni 529 ming 810 nafar ekanini inobatga olib, 271 saylov uchastkasi tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Saylov uchastkalarining tartib raqami, chegarasi va manzili ko‘rsatilgan ro‘yxati tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasining bu haqdagi tegishli qarori mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.
Tadbirda okrug saylov komissiyasiga ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, mustaqil jurnalistlar va ijodiy uyushmalardan akkreditatsiyadan o‘tkazishni so‘rab tushgan murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.Tuzilgan saylov uchastkalarini aloqa vositalari va ko‘rgazmali qurollar, zarur adabiyotlar, matbuot nashrlari bilan to‘liq ta’minlash, saylovchilarga zarur sharoitlar yaratish vazifalari belgilab olindi.
Majlis yakunida o‘tkazilgan brifingda ommaviy axborot vositalari vakillariga okrug saylov komissiyasi faoliyati, saylov uchastkalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.
O’zA