Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SITORA HAMIDOVA OLIMPIADA YO‘LLANMASINI QO‘LGA KIRITDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SITORA HAMIDOVA OLIMPIADA YO‘LLANMASINI QO‘LGA KIRITDI

Polshada yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro marafonda surxondaryolik Sitora Hamidova mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, shu yil Xitoyda o‘tkaziladigan jahon chempionati va 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan Termiz temir yo‘l vokzalida Sitora Hamidovani tantanali kutib olish marosimi o‘tkazildi va unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchi yoshlar hamda yengil atletikachining yaqinlari ishtirok etdi.

Marosimda Prezidentimiz rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor, barpo etilayotgan zamonaviy bolalar sporti inshootlari yoshlarimizning irodasini toblab, o‘z kuchi va imkoniyatiga ishonch, Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlashga, ularni har tomonlama sog‘lom voyaga yetkazishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan uch bosqichli uzluksiz sport o‘yinlari – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada musobaqalari yosh avlodning xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallashida o‘ziga xos tajriba va mahorat maktabi vazifasini o‘tamoqda.

Mustaqillik yillarida Surxondaryo viloyatida 124 zamonaviy bolalar sporti inshooti barpo etildi, rekonstruksiya qilindi va to‘liq jihozlandi. Ayni paytda ularda 45 mingga yaqin o‘g‘il-qiz sportning o‘ttizdan ortiq turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Sportning boshqa turlari qatori yengil atletikaning ham jadal rivojlanayotgani voha yoshlarining turli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishida muhim omil bo‘layotir.

Sportchilarimizning jahon va qit’a miqyosidagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishi va ularda munosib ishtirok etishida davlatimiz rahbarining 2013-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016-yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bunga Sitora Hamidova qo‘lga kiritayotgan yutuqlar yaqqol misoldir. O‘n to‘rt yoshidan yengil atletikaga mehr qo‘ygan Sitora Termiz shahridagi 6-umumta’lim maktabini tugatib, Termiz olimpiya zaxiralari kollejida ta’lim-tarbiya oldi. 2012-yili Termiz davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi.

– Shu yillarda u “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, Universiada musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, – deydi viloyat yengil atletika federatsiyasi ijrochi direktori Bahrom Hamroyev. – Bir necha bor O‘zbekiston chempioni, degan yuksak sharafga sazovor bo‘ldi.

Endi 25 yoshni qarshilayotgan Sitora ayni paytda Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabida yosh avlodga yengil atletika sirlarini o‘rgatmoqda.

S.Hamidovaning Polshada o‘tkazilgan xalqaro turnirda erishgan muvaffaqiyati yurtimizda salohiyat va iste’dod bobida hech kimdan kam bo‘lmagan navqiron avlod voyaga yetayotganini yana bir marta namoyon qildi.

–Jahonning kuchli yengil atletikachilari bilan bir safda yugurayotganimda yurtdoshlarimning meni olqishlab turganini his etdim, – deydi S.Hamidova. – Biz erishayotgan muvaffaqiyatlar Prezidentimiz rahnamoligida yoshlar uchun yaratib berilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar samarasidir.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi T.Mamaraimov so‘zga chiqdi.

"Jahon" AA