Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SIYOSIY PARTIYALAR IMZO TO‘PLASHNI DAVOM ETTIRMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SIYOSIY PARTIYALAR IMZO TO‘PLASHNI DAVOM ETTIRMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2016-yilning 9-sentabridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi rasman boshlanganini e’lon qildi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga 2015-yil 29-dekabrda kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi. Bu 214 ming 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi.

Shu kunlarda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha siyosiy partiyalar – O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan saylovchilar imzosini to‘plash jarayoni amalga oshirilmoqda.

– Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylovchilar imzosini to‘plash uchun imzo varaqalari berilganidan so‘ng, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashkilotlarida imzo to‘plash jarayoni boshlab yuborildi, – deydi O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi devoni bo‘lim boshlig‘i D.Rashidova. – Ayni kunlarda bu jarayon qizg‘in pallaga kirdi. Imzo varaqalarini to‘ldirish tartibi va bu borada qat’iy amal qilinishi lozim bo‘lgan jihatlar saylovchilarga tushuntirilmoqda. Qonunchilikka muvofiq, saylovchilar imzosini to‘plash ish, xizmat, o‘qish, yashash joyida, saylovoldi tadbirlarida, shuningdek, tashviqot yuritish va imzo to‘plash qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa joylarda olib borilmoqda.

– Imzo to‘plash jarayoni uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda, – deydi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari B.Yoqubov. – Partiya markaziy organlari tomonidan imzo to‘plash jarayonini har jihatdan mukammal o‘tkazish, varaqalar to‘g‘ri to‘ldirilishi ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq topshiriqlar berilgan. Tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun shahar va tuman partiya kengashlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

– O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilar imzosini to‘plash ishlari hududiy, tuman, shahar va boshlang‘ich partiya tashkilotlari va partiyaning “Faol ayollar” va “Istiqbol” yoshlar qanotlaridan iborat faol partiya a’zolari ko‘magida amalga oshirilmoqda, – deydi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy saylov shtabi rahbari o‘rinbosari B.Yusupov. – Imzo to‘plash jarayonida faollarimiz saylovchilar bilan gaplashib, Prezident saylovining mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz kelajagini belgilashdagi ahamiyatini keng tushuntirish asnosida partiyamiz nomzodini qo‘llab-quvvatlashga yetarli imzo to‘plash uchun ustav va dasturlarimizning aholi ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni va roli, partiyamiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng ma’lumotlar berishga e’tibor qaratayapmiz.

– Mamlakatimizda saylovlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va saylov to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq hamda xalqaro demokratik me’yor va qoidalarga amal qilingan holda ochiqlik, oshkoralik sharoitida tashkil etilmoqda, – deydi O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashi markaziy apparati bo‘lim mudiri F.Eshonqulov. – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan siyosiy partiyaga saylovchilar imzosini to‘plash uchun imzo varaqalari berilgan kundanoq ushbu jarayonni yuqori saviyada tashkil etish va samarali o‘tkazishga doir tadbirlar belgilandi. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining barcha mahalliy va hududiy tashkilotlarida tuzilgan saylov shtablari tomonidan mazkur jarayonga partiyaning boshlang‘ich bo‘g‘inlari, joylardagi deputatlik guruhlari vakillari keng jalb etilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, to‘planayotgan imzo varaqalari topshirilgach, Markaziy saylov komissiyasi ularning to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshiradi.

O’zA