SO‘Z VA AXBOROT ERKINLIGINI TA’MINLASHGA BAG‘ISHLANDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘z va axborot erkinligini ta’minlash, axborot sohasini isloh qilish, milliy axborot makonini rivojlantirish va uni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari S.Otamuratov va boshqalar mamlakatimizda aholi, ayniqsa, qishloq joylardagi fuqarolarning yuqori darajada axborotga ega bo‘lishini ta’minlash, yagona milliy axborot makonini shakllantirish orqali zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda milliy axborot xavfsizligini ta’minlash, idoralararo va idora majmualarining axborot tizimlarini birlashtiruvchi milliy axborot tizimlari va milliy axborot resurslarini, ayniqsa, internet tarmog‘ining milliy segmentlarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Yig‘ilishda elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etish bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solishni yanada takomillashtirish masalalari muhokoma qilindi.
Axborot sohasidagi milliy qonunchilikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
O’zA