Sodiq Safoyev Prezidentimiz Yevropaga tashrifi haqida
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi arafasida turli tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Mazkur tadbirlarda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev OʻzA muxbiriga intervyu berdi.
Davlatimiz rahbari Yevropa mamlakatlari orasida birinchi boʻlib Fransiyaga tashrif buyurmoqda. Ushbu tarixiy ahamiyatga molik voqeaga Parijda katta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Albatta, Oʻzbekiston Prezidentining Fransiyaga tashrifidan koʻzlangan asosiy maqsad ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga koʻtarishdan iboratdir. Tashrif dasturi turli uchrashuv va muzokaralarga boy boʻlib, bu muloqotlar oʻzaro manfaatli barcha sohalarda sheriklikni yangi pogʻonaga koʻtarishga xizmat qiladi.
Fransiya – “Katta yettilik” aʼzosi. Uning iqtisodiy qudrati haqida tasavvur hosil qilish uchun shu soʻzlarning oʻzi kifoya. Taʼkidlash mumkin boʻlgan yana bir dalil shuki, Fransiya – BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzolaridan biri. Global masalalar uning uning ishtirokisiz hal etilmaydi. Shunday davlat bilan hamkorlikni kengaytirish nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlariga xizmat qiladi.
Prezidentimiz tashrifi chogʻida ikki mamlakat oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.