Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SOG’LOMLASHTIRISH AKSIYASI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SOG'LOMLASHTIRISH AKSIYASI

O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab sog’lomlashtirish aksiyasi o’tkazildi.

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining Olmazor tumani kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur aksiya doirasida xotin-qizlar, alohida ehtiyojli oilalarning farzandlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazildi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida oila, onalik va bolalik manfaatlarini ta’minlash, aholi salomatligiga g’amxo’rlikni kuchaytirish, ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy himoyalash masalalariga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014 yil 1 avgustdagi “2014-2018 yillarda O’zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to’g’risida”gi qarorida farzand ko’rish yoshidagi ayollarda reproduktiv salomatlik profilaktikasi, bolalar xastaliklari diagnostikasi borasida qator muhim vazifalar belgilangan.

O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan mahallalarda joriy etilgan “Oilaga kirish” hamda “Salomatlik” jamoat tuzilmalarining oilaviy poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlari shifokorlari bilan hamkorlikda ayollar salomatligini doimiy nazorat etish, turli kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish, sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Olmazor tumanidagi “G’unchamed” tibbiy diagnostika markazida tashkil etilgan xayriya aksiyasida ayollar, qizlar, go’daklar tibbiyotning turli yo’nalishlari bo’yicha yuqori texnologiyali tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, zarur hollarda ularga shifokorlarning maslahati va muolajasi tayinlandi.

Aksiya doirasida alohida ehtiyojli oilalar vakillariga poytaxtimizdagi yetakchi tibbiyot markazlari, klinikalarda imtiyozli davolanish uchun yo’llanma berildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo’mitasi raisi E.Bositxonova so’zga chiqdi.

O’zA