SOLIQ QONUNCHILIGIGA RIOYA ETISH MASALALARI BO‘YICHA HAMKORLIK VA O‘ZARO YORDAM TO‘G‘RISIDAGI HUKUMATLARARO BITIM KUCHGA KIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2017-yilning 5-sentabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Soliq qonunchiligiga rioya etish masalalari bo‘yicha hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim 2017-yil 26-dekabrda kuchga kirdi.
Mazkur hujjat soliq masalalarida hamkorlik qilish va o‘zaro yordam berish hamda tajriba va axborot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirish uchun huquqiy asos yaratishga hamda ikki davlatda soliq qonunchiligi buzilishini oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan.
Ushbu Bitim doirasida hamkorlik tomonlar davlatlarining soliq idoralari orqali bir-birlariga yordam berish to‘g‘risida so‘rov jo‘natish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Bitimning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.