SOLIQ SOHASIDA YANGI MEXANIZM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekistonda 2018-yildan soliq organlarida hisob-kitoblar haqidagi ma’lumotlarning onlayn rejimda berilishini ta’minlaydigan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash orqali naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi joriy etiladi.
Prezidentimizning 2017-yil 18-iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, ushbu yangi tizim, avvalo, Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida amaliyotga tatbiq etiladi. Keyinchalik nazorat-kassa mashinalaridan mamlakatimizning barcha hududlarida foydalaniladi. Bu nafaqat soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish oshkoraligini ta’minlash, balki mahsulot va xizmatlarni sotishdan tushgan naqd pul tushumini to‘laligicha hisobga olish, daromadlarni yashirish holatlariga chek qo‘yish imkonini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidan ma’lum qilishlaricha, mustaqillik yillarida mamlakatimizda soliq yukini bosqichma-bosqich kamaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladigan fiskal tizimi shakllantirildi.
Ayni paytda soliq ma’muriyatchiligini, jumladan, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish sohasini takomillashtirish, soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Fiskal tizimga innovatsion axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish mazkur o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Soliq organlari bir paytning o‘zida ikkita yangi avtomatlashtirilgan tizim va qator interfaol xizmatlarni ishlab chiqish borasida ishlamoqda. Masalan, 2018-yil 1-yanvardan naqd pul tushumi ustidan avtomatlashtirilgan nazorat tizimi va soliqqa oid huquqbuzarliklarni sodir etish xavflarini tahlil qilish imkonini beradigan maxsus avtomatlashtirilgan tizim joriy etiladi.
Joriy etilayotgan nazorat-kassa mashinalari mamlakatimizda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali yo‘lga qo‘yilgan tovar aylanmasini hisobga olish tizimining bir qismini tashkil etadi. Kelgusida integratsiyalashtiriladigan barcha texnologiyalar mahsulotni ishlab chiqaruvchidan oxirgi xaridorga yoki mahsulotni import qilishda bojxona punktidan iste’molchiga yetkazib berilishini nazorat qilish imkonini beradigan yagona tizimda birlashtiriladi. Bu, o‘z navbatida, iste’molchilarni sifatsiz, kontrabanda va kontrafakt mahsulotlar xarid qilishdan himoyalash, mahsulotning sifati belgilangan talabga javobga bermaganda uni almashtirish yoki pulini qaytarishni ta’minlaydi. Ushbu barcha moslamalarga sifatli himoya vositalari o‘rnatiladi. Hisobga olinmaydigan savdoga bosqichma-bosqich chek qo‘yish soliqlarning to‘liq to‘lanmasligi, naqd pul mablag‘larining o‘z vaqtida bankka topshirilmasligi kabi muammolarni hal etish imkonini beradi. Savdo va servis korxonalari esa onlayn rejimda nazorat qilinadi.
O’zA