“SOTSIOGLOBUS” O’ZBEKISTONDA AYOLLARNING IJTIMOIY-SIYOSIY SOHADAGI ROLINING MUSTAHKAMLANISHI HAQIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“Sotsioglobus” Rossiya axborot agentligining elektron portalida O’zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishida ayollarning roliga bag’ishlangan maqola e’lon qilindi.
Manbaada ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov rahnamoligida demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri- jamiyatda ayollar o’rnini oshirish hamda ularning huquq va manfaatlari himoyasini ta’minlashdan iborat.
Maolqada O’zbekiston qonunchilik bazasi ayollar va ularning haq-huquqlarini himoya qilishiga yo’naltirilgan 100 dan ortiq qonunlar va normativ hujjatlarni o’zida birlashtirganligi haqidagi alohida ta’kidlab o’tilgan.
“Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarda davlatning asosiy hamkori nodavlat notijorat tashkilotlari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda O’zbekistonda jamiyatning turli sohalari bo’yicha 8,2 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat olib bormoqda va shundan 530 dan ortig’i ayollar tashkilotlaridir. Ularning asosiy maqsadi ayollar huquqiy madaniyatini oshirish, haq-huquqlarini himoya qilish va ayollar tadbirkorligini qo’llab quvvatlashga qaratilgan”, – deya yakunlanadi maqolada.
“Jahon” AA, Moskva