SPORT O‘ZBEKISTON POCHTA MARKALARIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2015 yil 20 avgustdan “O‘zbekiston markalarida sport” turkumining maxsus pochta markalari muomalaga kiritildi.
Pochta markalari Glazgo (Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tadigan Gimnastika bo‘yicha jahon chempionatiga hamda Pekin (KHR) shahrida bo‘lib o‘tadigan Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga bag‘ishlangan.
Pochta markalarida: ustunga tayanib sakrayotgan gimnastka hamda balandlikka sakrayotgan sportsmen fragmentlari tasvirlangan.
Pochta markalari bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 37x37 mm. Adadi 10 ming nusxa.
Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallari o‘rnatilgan, deb xabar beradi “O‘zbekiston pochtasi” AJ.
“Jahon” AA