SPORT XABARLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Taekvondo. Rossiyaning Chelyabinsk shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida hamyurtimiz Nikita Rafalovich kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Yuzdan ziyod davlat vakillari ishtirok etayotgan musobaqaning vazni 74 kilogrammgacha bo‘lgan taekvondochilar bahslarida hamyurtimiz nimchorak finalda tailandlik Piratep Sila-Onni, chorak finalda Janubiy koreyalik Xun Kim, yarim finalda malilik Ismoil Kulibalini mag‘lubiyatga uchratdi.
Terma jamoamiz tarkibida Jasur Boyqo‘ziyev, Dmitriy Shokin, Maksim Rafalovich, Vladislav Xan, Sarvar Sheraliyev, Dinara Mamadibrohimova kabi iqtidorli taekvondochilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
* * *
Paralimpiya. Janubiy Koreyaning Seul shahrida ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi V Butunjahon o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarida Sharif Xalilov ikkinchi o‘rinni egalladi.
Vazni 81 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar musobaqasida ishtirok etgan Sharif Xalilov eronlik Said Ja’fariy, rossiyalik Anatoliy Shevchenko va fransiyalik Siril Jonard ustidan g‘alaba qozonib, kumush medal bilan taqdirlandi.
"Jahon" AA