Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SPORTCHILARIMIZ MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SPORTCHILARIMIZ MUNOSIB ISHTIROK ETMOQDA

Shu kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida IV Islom birdamligi o’yinlari bo’lib o’tmoqda. Unda 54 davlatdan qariyb 3000 atlet 21 sport turi bo’yicha 269 medal -jamlamasi uchun bahs olib borayapti. Jumladan, O’zbekiston sharafini 103 nafar hamyurtimiz himoya qilayotir.

O’tgan hafta so’ngida musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. “Olimpiya” stadionida tashkil etilgan tadbirda teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari va san’at ustalarining chiqishlari namoyish qilindi. An’anaga muvofiq, maydonga -bellashuvlarda qatnashayotgan davlatlar terma jamoalari birma-bir chiqib kela boshladi... Nihoyat O’zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari tashrif buyurdi. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ini boks bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Singapurda o’tkazilgan o’smirlar o’rtasidagi Olimpiya o’yinlari sovrindori Sardor Begaliyev stadionga olib kirdi. Yig’ilganlar yurtdoshlarimizni olqishlar bilan kutib oldi.

Bevosita bellashuvlar xususida so’z yuritsak. Quvonarli jihati shundaki, vakillarimiz dastlabki kunlardayoq mazkur nufuzli sport anjumaniga puxta tayyorgarlik bilan tashrif buyurishganini isbоtlashdi. Xususan, delegatsiyamiz hisobiga ilk oltin medalni karate bo’yicha 60 kilogrammgacha bo’lgan vazn toifasida ishtirok etgan Sadriddin Saymatov keltirdi. U finalda turkiyalik Kayya Aykutni yengib, shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi. Dostonbek Otabolayev, Abdulaziz Otaboyev hamda Barno Mirzayeva bronza medallarini qo’lga kiritdi.

Badiiy gimnastika bo’yicha terma jamoamiz a’zolari Anastasiya Serdyukova, Nuriniso Usmonova va Sabina Toshkenboyeva jamoaviy bahslarda ikkinchi o’rinni egalladi. Yakkalik chiqishlarida ular yanada yaxshiroq natijalar qayd etishdi. Masalan, Anastasiya bulavada mashq bajarishda oltin, halqa va to’p bilan ijro etgan raqsi uchun ikkita kumush medal bilan taqdirlandi. Sabina ham delegatsiyamiz «g’azna»siga ikkita bronza medal taqdim qildi.

10 metr masofada pnevmatik miltiqdan o’q otishda Saidxon Sayfuddinov va Sakina -Mamedova bronza medallar sohibiga aylandi.

Dzyudochilarimiz ham muxlislarni quvontirishda davom etmoqda. 70 kilogrammgacha vazn toifasida qatnashgan Gulnoza Matniyozova IV Islom birdamligi o’yinlari chempionligiga erishdi. “Rio - 2016” Olimpiadasi sovrindori Diyorbek O’rozboyev hamda Davlatbek Bobonov bronza medallar bilan kifoyalandi. Shuningdek, paradzyudoda Shuhrat Boboyev va Shirin Sharipov oltin, Feruz Saidov kumush, Gulruh Rahimova bronza medallarga ega chiqdi. Delegatsiyamiz hisobiga yana bir bronza medalni og’ir -atletikachimiz Muattar Nabiyeva keltirdi.

Kecha o’tkazilgan musobaqalarda sport gimnastikasi ustasi Oksana Chusovitina oltin, og’ir atletikachilarimizdan Kumushxon Fayzullayeva kumush, Manzura Mamasoliyeva hamda Omadoy Otaqo’ziyeva bronza, shuningdek, tennis bo’yicha qizlar terma jamoamiz kumush, erkaklar terma jamoamiz bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Demak, 15 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 dagi holatga ko’ra, 6 ta oltin, 5 ta kumush, 15 ta bronza, jami 26 medal jamg’argan O’zbekiston sport delegatsiyasi umumiy jadvalda uchinchi o’rinni egallab turibdi.

Ayollar velomarafoni

Toshkentda ayollar o’rtasida velomarafon o’tkazildi.

O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi hamda mamlakatimiz Velosport federatsiyasi tomonidan Xalqaro oila kuniga bag’ishlab tashkil etilgan musobaqada poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan bir yarim mingdan ziyod professional hamda havaskor sportchilar qatnashdi.

Ishtirokchilar Toshkentning Abdulla Qodiriy ko’chasi bo’ylab jami 5 kilometr masofani bosib o’tdi. G’oliblar uch yosh toifasi bo’yicha aniqlandi. Xususan, 18 - 30 yoshlilar o’rtasida Alena Shirakalova, 31 - 45 yoshlilar orasida Olga Drobisheva, 45 yoshdan kattalar o’rtasida Svetlana Isayeva marraga birinchi bo’lib yetib keldi. Ularning barchasi Toshkent shahridan. Professionallar bellashuvida esa Margarita Misyurina muvaffaqiyat qozondi.

G’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi T. Narbayeva ishtirok etdi.

Bokschilarimiz Kuba vakillarini yengdi

Samarqand shahrida Butunjahon boks seriyasi (WSB) VII mavsumining chorak finali doirasida mamlakatimizning “Uzbek Tigers” jamoasi Kubaning “Cuba Domadores” bokschilari bilan kuch sinashdi.

Ringga birinchi bo’lib, 49 kilogramm vazn toifasidagi ishtirokchilar taklif etildi. Olimpiya va Osiyo chempioni Hasanboy Do’smatov “Rio - 2016” bronza medali sovrindori, jahon chempioni Joxanus Argilagosga qarshi jang o’tkazdi. Qiziqarli kechgan bahsda Hasanboy g’alaba qozondi. Yana bir tajribali bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev (56 kg.) Kuba chempioni Xavyer Ibanyesni yengdi. Uchinchi juftlikda esa Iqboljon Xoldorov mohir charm qo’lqop ustasi Endi Kruzga imkoniyatni boy berdi. 75 kilogramm vazn toifasida O’zbekiston va qit’a chempioni Isroil Madrimov Olimpiya hamda jahon chempioni, Panamerika o’yinlari g’olibi Arlen Lopesni mag’lub etdi. Mazkur sportchi “Rio - 2016” finalida Bektemir Meliqo’ziyevdan ustun kelgan edi. Bektemir uchun Isroil revansh oldi. Yosh umidli bokschimiz Sanjar Tursunov (91) esa Erislandi Savonni mag’lub etolmadi.

Shunday qilib, “Uzbek Tigers” jamoasi chorak finalning birinchi uchrashuvini 3:2 hisobida o’z foydasiga hal qildi.

www.xs.uz