Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

«STANDARD & POOR’S»: O‘ZBEKISTON BANK TIZIMINING BARQARORLIGI TA’MINLANMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
«STANDARD & POOR'S»: O‘ZBEKISTON BANK TIZIMINING BARQARORLIGI TA'MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan "Standard & Poor’s" xalqaro reyting agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, O‘zbekiston tijorat banklarining xalqaro reyting olishi va qayta tasdiqlanishi masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yillik konferensiya o‘z ishini yakunladi.

Prezidentimizning 2015 yil 6 maydagi "Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi doirasida uyushtirilgan ushbu tadbirda tijorat banklari, kredit tashkilotlari bilan hamkorlik qiluvchi xalqaro hamda mahalliy auditoplik kompaniyalarining uch yuzdan ortiq rahbar va mas’ul xodimlari qatnashdi.

Ayonki, mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar moliya-bank, tizimining barqaror rivojlanishiga mustahkam poydevor bo‘lmoqda. 2016 yilning birinchi choragida bank tizimining jami kapitali o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 23,2 foiz, aktivlari 25,4 foiz, depozit bazasi 27,6 foiz o‘sdi.

Anjumanda "Standard & Poor’s" tahlilchilarining suveren kredit reytingini yuqori ko‘tarishning istiqbollari, xalqaro banklarning kreditlashdagi asosiy shartlari, shuningdek, bank tizimi iqtisodiy sohaviy tavakkalchiliklarga ta’siri masalalariga bag‘ishlangan taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Ekspertlar bank tizimining O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishdagi ahamiyati xususida o‘z baholarini bildirar ekan, bank tizimining barqaror resurs bazasi, bank nazoratining samaradorligi iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri ekanligiga e’tibor qaratdilar.

MDHga a’zo ba’zi mamlakatlar reyting ko‘rsatkichlarining pasayishi kuzatilayotgan bir paytda O‘zbekiston bank tizimining iqtisodiy tavakkalchilikka ta’sirchanligi "barqaror" deya baholanayotgani ijobiy ko‘rsatkichdir. Chunki bank tizimining me’yorlari yuqori darajada saqlanib, ayrim jihatlar bo‘yicha xalqaro standartlardan yuqoriligi ta’minlanmoqda. Natijada respublikamizdagi barcha tijorat banki xalqaro reyting agentliklarining ijobiy bahosini olishga muyassar bo‘layapti. Ekspertlar davlatimiz rahbarining 2015 yil 21 dekabrdagi "Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ularning korporativ boshqaruvdagi ishtirokini faollashtirish, tijorat banklarining ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini sotish hisobiga davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirishga sharoit yaratishni alohida ta’kidlashdi.

Aytish joizki, Markaziy bank Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Jahon banki hamda bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyalariga muvofiq, bank nazoratini ilg‘or xalqaro tajribalar asosida muntazam ravishda takomillashtirib borayotir. Xususan, aktivlar sifati ustidan monitoring o‘rnatilishi, kredit portfeli diversifikatsiya qilinishi, kapital yetarliligi va likvidlik ko‘rsatkichlari mamlakatimiz tijorat banklarining barqaror faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Anjumanda tegishli xulosa hamda takliflar ishlab chiqildi. Bu esa, shubhasiz, bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tijorat banklarining faoliyatini yetakchi reyting agentliklarining standartlari va baholash tizimi hamda yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qiladi.

WWW.XS.UZ