«STANDARD & POOR’S» XALQARO REYTING AGENTLIGI NAVBATDAGI HISOBОTNI E’LON QILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentligi O’zbekiston bank tizimining sohaviy va mamlakat tavakkalchiliklarini baholash masalalariga bag’ishlangan navbatdagi hisobоtini e’lon qildi. Unda O’zbekiston bank tizimining reytingini aniqlovchi asosiy omillar, iqtisodiy hamda sohaviy yechimlar, ularning yo’nalishi, boshqa mamlakatlar bilan qiyosiy taqqoslamalari, hukumatning bank tizimini qo’llab-quvvatlashi va boshqa masalalar inobatga olingan.
Agentlik ekspertlarining fikricha, O’zbekistonning iqtisodiy o’sish istiqbollari yuzaga kelayotgan byudjet profitsiti va joriy operatsiyalar hisobvarag’i ijobiyligi, tijorat banklarining mijozlarning depozit hamda rivojlanishga qaratilgan moliya-viy mablag’laridan tarkib topgan resurs bazasi, davlat tomonidan o’rnatilgan nazorat asosiy ijobiy omillardir.
Shu bilan birga, mutaxassislar respublika Markaziy banki tomonidan bank tizimi kapitallashuvini oshirish va kredit operatsiyalarini nazorat qilish borasida o’rnatilgan qat’iy intizom ijobiy ahamiyatga ega bo’layotganini qayd etishgan.
Agentlik bahosiga ko’ra, kreditlashning yuqori sur’atlari muayyan murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin, biroq tahlilchilar “ular iqtisodiy o’sish sur’atlariga nominal qiymatda mos keladi va iqtisodiyotda “baho pufaklari”ning paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi”, deb hisoblaydi.
Ekspertlar, shuningdek, korporativ kreditlar portfeliga bog’liq bo’lgan iqtisodiy o’sish va yechimlarning prognoz qilinayotgan yuqori sur’atlarini e’tiborga olib, kredit portfelidagi muammoli kreditlar yaqin 12 — 18 oy ichida 1,5 foizdan oshmasligini ta’kidlashgan.
“Standard & Poor’s” bank tizimida to’plangan moliyaviy mablag’larni baholar ekan, kreditlarning salmoqli qismi mijozlar depozitlari hisobidan moliyalashtirilayotgani va chetdan jalb etilgan mablag’lar atigi 14 foizni tashkil etayotganini e’tiborga olgan.
Bundan tashqari, ekspertlar O’zbekiston bank tizimining sohaviy tavakkalchiligini “barqaror” deb baholadi. Mamlakatimiz banklarining barqaror mavqyei moliya muassasalariga bo’lgan ishonch hamda korporativ depozit va aholining bo’sh pul mablag’larini jalb qilishning mustahkam asosi bo’lib qolmoqda. Natijada tijorat banklarida so’nggi besh yilda jami depozitlar hajmi 3,5 barobar, oxirgi bir yil ichida esa 25,2 foiz oshdi.
Respublika bank tizimi ko’rsatkichlari ba’zi me’yorlar bo’yicha xalqaro standartlar talablaridan ham yuqori bo’layotgani diqqatga sazovordir.
Bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida olib borilayotgan aniq maqsadli chora-tadbirlar so’nggi besh yilda jami kapitalni 2,5 marta, oxirgi bir yilda esa 20 foiz ko’paytirish imkonini berdi. Shu bois kapitalning yetarlilik darajasi xalqaro standartlardan uch barobar yuqori bo’lib qolmoqda. Qolaversa, tizimning joriy likvidlik darajasi ham xalqaro standartlardan ikki barobar ziyoddir.
Bugungi kunda mamlakatimizning barcha tijorat banklari “Standard & Poor’s”, “Moody’s” va “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentliklarining ijobiy bahosiga ega ekanligi tizimning ko’rsatkichlari yuqori bo’lishini ta’minlamoqda, albatta.
"Xalq so’zi" gazetasi