Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

STATISTIKA ORGANLARI BARCHA HISOBОTLARNI ELEKTRON KO‘RINISHDA QABUL QILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
STATISTIKA ORGANLARI BARCHA HISOBОTLARNI ELEKTRON KO‘RINISHDA QABUL QILMOQDA

Davlat statistikasiga avval asosan davlat idoralari, ilmiy izlanuvchilar va talabalar murojaat qilgan bo‘lsa, bugungi kunda tadbirkorlar, investorlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ham statistik ma’lumotlarning faol foydalanuvchilariga aylandi.

Toshkentda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tizimda ilg‘or xalqaro metodologiyani joriy etish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bu alohida qayd etildi.

Ta’kidlanganidek, iqtisodiyotning va aholi daromadlarining izchil o‘sib borishi sharoitida davlat boshqaruvining eng muhim instrumentlaridan biri sifatli va tezkor ma’lumotning mavjudligi – ishonchli va dolzarb davlat statistikasi hisoblanadi. Bu jarayonda tadbirkorlarga statistik hisobоtlarni topshirish bo‘yicha yuklamalarni qisqartirish ham muhim rol o‘ynaydi.

Qo‘mita tomonidan davlat statistika hisobоtlarini qisqartirish yo‘li bilan statistik ma’lumotlarni olish manbalarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2000-yilda 372 statistika hisobоti shakllaridan foydalanilgan bo‘lsa, 2016-yilda bu ko‘rsatkich, statistik ma’lumotlarning sifati va to‘liqligiga ta’sir ko‘rsatmagan holda, deyarli uch barobar qisqarib, 127 shaklni tashkil etmoqda.

Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari uchun davlat statistika hisobоtlarini taqdim etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida bepul taqdim etiladigan «eStat 2.0» statistik hisobоtlarni elektron ko‘rinishda yig‘ishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi.

Natijada 2011-yilda respondentlarning atigi 4 foizi elektron ko‘rinishda hisobоt topshirgan bo‘lsa, 2014-yilga kelib bu raqam 98,4 foizga yetdi, 2015-yildan esa statistika organlari tomonidan barcha hisobоtlar faqat elektron ko‘rinishda qabul qilinmoqda.

Statistika organlari tomonidan oxirgi besh yilda 10 axborot tizimi ishga tushirildi, rasmiy saytlar orqali 10 interaktiv davlat xizmati taqdim etilmoqda.

– 2016-yildan boshlab dunyoda umumqabul qilingan yalpi ichki mahsulot tuzilmasini hisoblash metodikasini joriy etish hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni Faoliyatning xalqaro standart tasniflagichi asosida shakllantirishni ta’minlash yuzasidan ish olib borilmoqda, – deydi qo‘mita boshqarma boshlig‘i Qobil Berdiqulov. – Bu esa tadbirkorlar va xorijiy investorlar uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarning statistik va tahliliy ko‘rsatkichlarini taqqoslashda yana bir qulaylik bo‘ladi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O’zA