STOMATOLOGIYA SOHASI TARAQQIYOTI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi davlat tibbiyot muassasalaridagi stomatologiya xonalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlamoqda, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Aholiga xizmat ko’rsatishning sifati hamda sharoitini ta’minlash maqsadida xizmatlar qayta tuzilmoqda. Yirik stomatologiya klinikalari yopilib, ularning o’rniga poliklinika va boshqa tibbiyot muassasalarida stomatologiya xonalari yaratilmoqda.
Mazkur ishlarning ko’pchiligi davlat stomatologiya xizmatlari xususiy tibbiyot muassasalaridan qolib ketmasligi hamda jihozlanishi bo’yicha ham ortta qolmasligi uchun bajarilmoqda. Bir necha yil avval “Salomatlik-2” loyihasi doirasida stomatologiya asbob-uskunalarining birinchi eng katta partiyasi sotib olingan edi. O’shanda sotib olingan 570 ta asbob-uskunalar to’plamidan 250 tasi ekologiya muhiti buzilgan hududlarda joylashgan qishloq vrachlik punktlariga o’rnatilgan edi. Qolganlari esa tuman ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalardan joy olgan edi.
Ayni paytda “Salomatlik-3” loyihasi doirasida stomatologiya asbob-uskunalarining navbatdagi katta partiyasi sotib olinmoqda. Xususan, 942 ta stomatologiya asbob-uskunalarini sotib olish rejalashtirilmoqda.
“Jahon” AA