Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

STRATEGIK LOYIHALAR ELEKTR ENERGIYASI BILAN BARQAROR TA’MINLANADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
STRATEGIK LOYIHALAR ELEKTR ENERGIYASI BILAN BARQAROR TA'MINLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2026 yilgacha quriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimiz iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan yirik muassasadir. Prezidentimiz tomonidan kombinatning salohiyatini yanada oshirish, korxonalarni modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, 2026 yilgacha qiymati 3 milliard dollar bo‘lgan 27 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish ishlari boshlab yuborilgan.

Biz o‘z oldimizga ulkan marralar qo‘yganmiz, dedi davlatimiz rahbari. Bu strategik quvvatlar ishga tushishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotiga har yili bir milliard dollardan ziyod qo‘shimcha mablag‘ tushadi, odamlar yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi.

Darhaqiqat, mazkur 27 ta loyihani amalga oshirish natijasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshadi, 30 mingdan ortiq qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi.
Bunday ko‘p va yirik korxonalarni qurish hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun qo‘shimcha energiya resurslariga ehtiyoj tug‘iladi. Xususan, 2026 yilga borib Navoiy kon-metallurgiya kombinatining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 303 megavattga oshib, 703 megavattga yetadi.

Yig‘ilishda kombinatdagi yangi quvvatlarni elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish borasidagi ishlar atroflicha muhokama etildi.
Joriy yil 9 yanvar kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yangi ob’ektlari, jumladan, 2 ta yirik gidrometallurgiya zavodini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida alohida dastur qabul qilindi. Unga muvofiq, qiymati 1 milliard 900 million dollarlik 16 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

Jumladan, Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasida 2019 yilda umumiy quvvati 510 megavatt bo‘lgan 2 ta yangi energoblok qurilib, jami quvvati 1 ming 10 megavattga yetkaziladi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 2019 yil va 2023 yilda quvvati 450 megavattdan bo‘lgan 2 ta bug‘-gaz qurilmasi qurilib, stansiyaning jami quvvati 2 ming 258 megavattga yetkaziladi. Bundan tashqari, 10 ta podstansiya va 1 ming kilometrdan ziyod tashqi elektr tarmoqlari quriladi.

Prezidentimiz mazkur ishlarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, bu boradagi dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish, ularda loyiha hujjatlarini tayyorlashdan tortib, ob’ektlarni foydalanishga topshirishgacha bo‘lgan har bir jarayonning aniq muddatlari belgilash zarurligi qayd etildi.

Energetika sohasini 2018-2028 yillarda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqish, bunda qayta tiklanadigan, muqobil energiya manbalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.

Loyihaoldi hujjatlari va import shartnomalarini tez va sifatli ekspertizadan o‘tkazish, jarayonga chuqur bilimga ega mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bug‘-gaz qurilmalarini barpo etishni videokuzatuv orqali nazorat qilish, qurilish, elektr energiyasi ishlab chiqarish, uzatish va iste’mol qilish jarayonlari xavfsizligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

“O‘zbekenergo” kompaniyasiga qurilish ishlariga tarmoq korxonalarini kengroq jalb qilish hamda mahalliy mahsulotlardan foydalanish, buning uchun tizimdagi pudrat tashkilotlarini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash topshirildi.

Mazkur kompaniyani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, loyihalarni xorijiy sarmoyadorlar ishtirokida moliyalashtirish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

www.prezident.uz