Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SUG‘URTA BOZORINING FAOL ISHTIROKCHISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SUG‘URTA BOZORINING FAOL ISHTIROKCHISI

Milliy matbuot markazida «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi tomonidan mustaqillik yillarida mamlakatimizda sug‘urta sohasining rivojlanishi va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz rahnamoligida bozor iqtisodiyotini bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar xalqaro amaliyotga javob beruvchi sug‘urta tizimi asoslari shakllanishini ta’minladi.

O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan 29 sug‘urta tashkiloti tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 110 turdan ortiq sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilayotir.

Mamlakatimiz sug‘urta bozorining faol ishtirokchilaridan biri bo‘lgan «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi xizmatlar sifatini oshirish va kadrlar tayyorlash borasidagi sa’y-harakatlari natijasida xalqaro va milliy sug‘urta bozorida o‘zining munosib o‘rnini egallab kelmoqda.

So‘nggi o‘n yilda kompaniya tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari 12,1-marta, qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari hajmi 19,3-marta, to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari 7,1-martaga o‘sgan.

Kompaniya yaqinda “Moody’s Investors Service Ltd.” xalqaro reyting agentligining mamlakatimiz moliya bozoridagi eng yuqori xalqaro reytingiga ega bo‘ldi. Agentlik «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasining xalqaro moliyaviy barqarorlik reytingini «barqaror» prognozi bilan B1 dan Ba3 ga ko‘tardi.

– Yangi sug‘urta bo‘linmalarini ochish va hududlarda faoliyat geografiyasini kengaytirishga alohida e’tibor qaratganmiz, – deydi kompaniya qayta sug‘urtalash va qaltisliklarni boshqarish departamenti bosh menejeri A.Asatullayev. – Ayni paytda 14 hududiy filial va 145 bo‘linma aholiga keng turdagi sug‘urta xizmatlarini taklif etmoqda. Shu bilan birga «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash», «Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash», «Tibbiy sug‘urta», «Mol-mulk sug‘urtasi» kabi 10 turdagi sug‘urta mahsulotini internet orqali ham sotib olish mumkin.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini turli qaltisliklardan himoya qilishga qaratilgan kompleks sug‘urta himoyasini taqdim etish bo‘yicha kompaniyada o‘ziga xos tajriba to‘plangan. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga oxirgi besh yilda taqdim etilgan sug‘urta himoyasi hajmi uch barobar, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi 4,3 barobarga oshgan.

Anjumanda kompaniya mutaxassislari ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob qaytardi.

O’zA