SURATLARDA NAVRO‘Z NAFASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi ko‘rgazmalar saroyida Navro‘z bayramiga bag‘ishlab “Assalom, Navro‘z!” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Ko‘rgazmada 30 dan ortiq ustoz musavvir va yosh rassomlarning umrboqiy qadriyatlarimiz – sumalak sayli, gul sayli, ko‘pkari-uloq o‘yinlari, keksalarga hurmat-ehtirom aks etgan 90 dan ziyod moybo‘yoq, grafika va haykaltaroshlik asarlari namoyish etilmoqda.
Ustoz musavvirlar J.Izentayevning “Erta bahor”, “Onamning portreti”, M.Qudaybergenovning “Bahor”, V.Japarovning “Sumalak”, “Xush ovoz”, B.Serekeyevning “Baxt qushi”, “Hayot quvonchi”, J.Lepesovning “Ona baxti”, S.Boybo‘sinovning “Bahor shamoli”, B.Aytmuratovning “To‘maris”, A.Rajapovning “Soz ohanglari”, A.Tajimuratovning “Navro‘z qushi” kartinalari, yosh rassomlar M.Qozoqboyevning “Kelajakdagi Orol”, A.Davletnazarovning “Navro‘z”, S.Bekbauliyevning “Ovul”, G.Qabulbekovaning “Lola guli”, T.Shardemetovning “Ovul manzarasi” asarlari ayniqsa tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, "Art-trio" gruhi a’zosi Murod Azlarxo‘jayev va rassom Saidbek Sobirboyev tomonidan tasviriy san’at maktabi o‘quvchilari uchun mahorat saboqlari o‘tkazildi.