SURATLARGA KO‘CHGAN SAMIMIYAT
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Toshkent Fotosuratlar uyida mohir rassom Solijon Mamatqulov ijodiga bag‘ishlangan "Ikki inson" deb nomlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Tadbirda xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar barcha ijod ahli, jumladan, mo‘yqalam sohiblari zimmasiga ham mas’uliyatli vazifalar yuklayotgani ta’kidlandi.
S.Mamatqulov asarlari bir qator ijodiy tanlovlarda muvaffaqiyat qozonishi bilan birga AQSh, Bolgariya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardagi galereyalar, shaxsiy to‘plamlarda saqlanmoqda.
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan yuzdan ortiq asarni ko‘zdan kechirib, samimiylik, odamiylik, ona zaminga bo‘lgan cheksiz muhabbat kabi chin insoniy tuyg‘ular rassom tomonidan g‘oyat qadrlanishini his etish mumkin. Ko‘ngilga yaqin bu chizgilarda tomoshabin go‘yoki o‘zini, kundalik hayotini ko‘rgandek bo‘ladi.
– Har bir ko‘rgazma ijodkor uchun o‘ziga xos imtihondir, – deydi S.Mamatqulov. – Hayotni qadrlash, uning ne’matlaridan zavqlanish, tinch va osoyishta, farovon, baxtiyor kunlarimiz uchun shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga chorlash mas’uliyati ijodkorni hamisha ta’sirchan asarlar yaratishga undaydi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan o‘rin olgan "Tanish ko‘chalar", "Ikki inson" turkumidagi suratlar, "Ona allasi", "Kuy", "To‘yga", "Oqqushlar", "Hovlicha" kabi asarlar samimiyligi, hayotiyligi bilan tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otmoqda.
O’zA