Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari samarali kechdi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari samarali kechdi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi hududlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlari ko‘lamlarini kengaytirish yuzasidan respublikamizning Pekindagi elchixonasi oldiga qo‘ygan vazifalarini amalga oshirish tadbirlari, ikki mamlakatning bu yo‘nalishdagi aloqalarini yanada chuqurlashtirish maqsadida qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ni hayotga izchil tadbiq etish doirasida O‘zbekiston hududlarining navbatdagi vakillari – Surxondaryo viloyati delegatsiyasining Xitoyga amaliy safari tashkil etildi.

Safarning birinchi kuni Xitoyning Sichuan provinsiyasi va Chendu shahar meriyasi rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Sichuan provinsiyasi gubernatori In Li bilan muloqotlar chog‘ida ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

E’tiborga molik jihati shundaki, Surxondaryo viloyati hamda Sichuan provinsiyasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport, ilmiy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik munosabatlarini jadal rivojlantirish yuzasidan o‘zaro kelishuvga erishildi.

Shu bilan birga, tomonlar bu yo‘nalishlardagi munosabatlarni zamon talablari darajasida ravnaq toptirishga tayyor ekanliklarini bildirishgani barobarida buning uchun hech qanday to‘siq mavjud emasligini ta’kidladilar.

Xususan, Sichuan gubernatori «bugungi kunda o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmini oshirish hamda diversifikatsiya qilish uchun yetarli darajadagi imkoniyatlar muhayyo” ekanligini alohida qayd etdi.

Provinsiya rasmiylari bilan uchrashuv safarning ikkinchi kuni Surxondaryo viloyati va Sichuan provinsiyasi ishbilarmon doiralarining 140dan ziyod vakillari ishtirokida tashkil etilgan savdo-iqtisodiy forumga ulanib ketdi. Tadbir chog‘ida mamlakatimizning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, sanoat ishlab chiqarishining turli jabhalaridagi imkoniyatlari xususida atroflicha so‘z yuritildi. Zamonaviy O‘zbekiston iqtisodiyotida hayotga tadbiq etilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kafolatlari, erkin iqtisodiy zonalardagi, xususan, Surxondaryo hududidagi “Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasida xorijlik sarmoyadorlar uchun yaratilgan katta qulaylik va imtiyozlar xususidagi batafsil ma’lumotlar Xitoy tadbirkorlarining e’tiboriga havola etildi.

Mamlakatimiz vakillari “Chengdu Yinlu Food Co. LTD” kompaniyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Bu kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari, sut, turli ichimliklar hamda boshqa sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishi bilan Xitoyda dovrug‘ qozongan. Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati delegatsiyasi a’zolari Sichuan provinsiyasidagi boshqa bir necha ishlab chiqarish ob’ektlarining ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tomonlarda o‘zaro iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga bo‘lgan intilishning katta ekanligini imzolangan hujjatlarning salmog‘idan ham bilish mumkin. Surxondaryoda Xitoyning “Xinjiang continental investing Co.Ltd” kompaniyasi bilan to‘qimachilik klasteri barpo etish (qiymati 65 million AQSh dollari), “China Chengdu import and export group Co. LTD” kompaniyasi bilan shisha ishlab chiqarish (qiymati 10 million dollar), mazkur kompaniya bilan metalni ikkilamchi qayta ishlash va armatura ishlab chiqarish (qiymati 50 million dollar) va “Termiz” chegaraoldi erkin savdo zonasini bunyod etish (10 million dollar), “Linyi Xin Tianli Machinery Co.Ltd” kompaniyasi bilan DSP ishlab chiqarish (qiymati 10 million dollar), to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish (100 million dollar), “Yiwu Angnu trading Co.Ltd” kompaniyasi bilan dukkakli o‘simliklar mahsulotlari eksportini (12 million dollar) tashkil etishni ko‘zda tutadigan hujjatlarni ushbu safarning amaliy natijalari sifatida qayd etish mumkin.

Xitoy tomoni Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Termiz shahridagi “Termiz kargo” xalqaro intermodal logistika markazidagi katta salohiyat bilan tanishar ekan, ushbu markazda logistika yo‘nalishi bo‘yicha turli loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish va uning imkoniyatlaridan keng foydalanishga qiziqish bildirdi.

Xulosa o‘rnida shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Xitoy O‘zbekistonning eng yirik iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida esa savdo aloqalari borasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda.

“Dunyo” AA