SURXONDARYODA SAYLOV TADORIGI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Joriy yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga Surxondaryo viloyatida ham puxta hozirlik ko‘rilmoqda.
Milliy qonunchiligimizga muvofiq mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu muhim jarayonni ochiq, oshkora va adolat tamoyillari asosida o‘tkazish uchun 9-Surxondaryo saylov okrugi tuzilib, okrug saylov komissiyasi va uning shaxsiy tarkibi tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasiga bino va xonalar ajratilib, komissiyaning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratildi. Ayni paytda okrug saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq belgilangan reja asosida faoliyat yuritmoqda.
– Kollegiallik, oshkoralik ruhida o‘tgan dastlabki yig‘ilishda okrug saylov komissiyasi a’zolari o‘rtasida vazifalar taqsimoti ishlab chiqilib, tasdiqlandi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasi a’zosi Firdavs Sharipov. – Tadbirning barcha bosqichlarini keng yoritish maqsadida matbuot markazi tuzilib, tarkibi tasdiqlandi. Okrug saylov komissiyasi a’zolariga saylovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam berish uchun shahar, tumanlar biriktirildi. Okrug saylov komissiyasi a’zolarining saylov masalalari bo‘yicha fuqarolarni doimiy qabul qilishini tashkil etish maqsadida okrug saylov komissiyasida navbatchilik jadvali ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunida mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududda tashkil etiladigan uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga munosib nomzodlarni tavsiya etishi belgilangan. Shunga ko‘ra, ular mas’uliyatli bu vazifaga obro‘-e’tiborli, el hurmatini qozongan, mahallada muqim yashayotgan va saylov qonunchiligidan xabardor partiyasiz fuqarolardan nomzodlarni tanlab olishga alohida e’tibor qaratmoqda.
– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda xalqaro mezonlarga mos milliy saylov tizimi yaratilgani fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va huquqiy demokratik jamiyat qurilishida bevosita ishtirok etishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati bo‘limi raisi O‘rol Toshboyev. – Viloyatda 833 mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. Shu kunlarda barcha mahallalar faollari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini milliy qonunchiligimizga muvofiq tashkil etish va o‘tkazish borasida o‘zlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan amalga oshirib, uchastka saylov komissiyasi a’zoligiga nomzodlar tavsiya etish, saylovda ishtirok etadigan fuqarolar va ilk marta ovoz beradigan yoshlarni aniqlash kabi ishlar bilan band. Barcha tadbirlar hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarda saylov va ertangi kunimizga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
O‘zA