Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SUV – BEBAHO NE’MAT

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SUV – BEBAHO NE'MAT

Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 55-modda.

Prezidentimiz rahnamoligida agrar soha, xususan, suv xo‘jaligi infratuzilmasini modernizatsiya qilish, suv iste’moli hajmini kamaytirishni ta’minlovchi dehqonchilik tizimini takomillashtirish, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 19-apreldagi «2013-2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida» hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 29-avgustdagi “2015-2018-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini tiklash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Orol halokatining oqibatlarini yengillashtirish borasidagi chora-tadbirlar kompleks dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Orolbo‘yi hududida yuzaga kelgan og‘ir ekologik vaziyatni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar mamlakatimizning boshqa mintaqalari tabiati muhofazasini yanada yaxshilash, ayniqsa, ichimlik suvi manbalarini toza saqlash bilan bevosita bog‘liq holda amalga oshirilayotgani o‘z samarasini bermoqda. Jizzax viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar buning yorqin tasdig‘idir.

Ushbu hujjatlar ijrosi doirasida viloyatda suv manbalari ifloslanishining oldini olish, bebaho ne’matning tozaligini saqlash, undan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Viloyat aholisining asosiy qismi Nurota tog‘ tizmalari bag‘ridagi “Tog‘ oldi” va Sangzor daryosi bo‘yidagi “Sangzor” hududlaridagi quduqlardan olinadigan yer osti chuchuk suvi bilan ta’minlanadi, – deydi Jizzax viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti va uni tashkil etish bo‘limining boshlig‘i Anvar Quvondiqov. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-yanvardagi qarori bilan ushbu har ikki joyga alohida muhofaza etiladigan hudud maqomi berilgan. Ayni paytda aholi ehtiyoji uchun har kuni “Tog‘ oldi” hududidagi quduqlardan 42,7 ming kub metr, “Sangzor” quduqlaridan 134,4 ming kub metr toza ichimlik suvi yetkazib berilmoqda. Viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi hududiy gidrogeologiya stansiyasi bilan hamkorlikda chuchuk yer osti suvi zaxirasiga ega ushbu hududlardagi ekologik vaziyatni doimiy nazoratga olgan. Olib borilayotgan ishlarni yanada yaxshilash maqsadida joriy yil ushbu hududlarda ekologik vaziyat buzilishi xavfini yuzaga keltiruvchi inshootlarni ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirildi.

Ro‘yxatga olish davomida aniqlangan kamchiliklar tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etildi. Inventarizatsiyadan o‘tkazilgan hamda ro‘yxatga kiritilgan korxona, tashkilot va muassasalarga suvdan maxsus foydalanish yoki suvni iste’mol qilish uchun ruxsatnomalar berishga alohida e’tibor qaratilayotir. Joriy yilning o‘tgan davrida ekologik vaziyati, ehtiyoji, imkoniyati to‘liq o‘rganib chiqilgach, 34 korxonaga ruxsatnoma rasmiylashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-avgustdagi “Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq 28 yangi suv qudug‘ini burg‘ulash uchun ruxsatnoma berildi.

Ayni paytda chuchuk yer osti suvlari hosil bo‘ladigan hududlardagi suv sathining o‘zgarishi va kimyoviy tarkibi 39 kuzatuv qudug‘i orqali tahlil qilib boriladi. Biroq nazoratga olingan va tekshirilgan suv manbalarida ekologik me’yorlarning buzilmagani barcha hududlarda bu boradagi qonun va me’yoriy hujjatlar talablari to‘liq bajarilmoqda, degan xulosani bermaydi. Shuning uchun tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining inspeksiyalari sog‘liqni saqlash va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda suvdan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilish maqsadida monitoring va reydlar o‘tkazmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi konuni ijrosi bo‘yicha 58 reyd o‘tkazilib, 64 qonun buzilish holati aniqlandi. Ularga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, 3 million 607 ming so‘m jarima solindi.

Er usti suvlarining tarkibida zararli moddalarning ko‘payishi chuchuk yer osti suvlarining sifati buzilishiga olib keladi. Binobarin, viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan oqova suvlar tarkibi, suv havzalarining ekologik holati muntazam o‘rganib borilmoqda. Yil boshidan buyon O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” hamda “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan, suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etmagan 108 fuqaro va mansabdor shaxsga 9 million 693 ming so‘m miqdorida jarima solindi.

Doimiy kuzatuv va nazoratlar davomida aniqlangan kamchiliklarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi ichimlik suvi manbalarini muhofaza qilishda yaxshi samara bermoqda. Yilning o‘tgan davrida ixtisoslashgan tahliliy nazorat inspeksiyasi tomonidan sanoat va boshqa ishlab chiqarish korxonalaridagi oqova suvni tozalash qurilmalari samaradorligi o‘rganildi. O‘tkazilgan tahlillar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan qo‘yilgan talablarning bajarilishi natijasida suv manbalarining zararlanish darajasi sezilarli darajada kamayganini ko‘rsatdi.

Sangzor daryosi, Urkulsoy, Oqbuloq zovurlari va Eski tuyatortar kanalida oyiga bir marta, Sho‘rbuloq, Moltob zovurlari, Savruksoy, Zomin daryosi va Uchquloch koni "Dalnыy" kareridan, Arnasoy, Jizzax, Zomin, Qorovultepa suv omborlarida va ularning kirish-chiqish kanallarida choraklik kuzatuvlar olib borilmokda.

“Tog‘ oldi” chuchuk yer osti suv hududidagi “Qo‘ytosh suv inshooti”ni rekonstruksiya qilish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki krediti evaziga amalga oshirilayotgan maxsus loyiha viloyatning cho‘l tumanlarida istiqomat qiluvchi 100 mingdan ziyod aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash imkonini beradi. “Jizzax shahar kanalizatsiya tarmoqlarini va tozalash inshootlarini ta’mirlash” loyihasiga ham Osiyo taraqqiyot bankining 39 milliard 244 million so‘mlik kredit mablag‘i jalb etilmoqda. 2017-yilda tugallanishi mo‘ljallangan ushbu loyiha ko‘p miqdordagi oqova suvni qayta ishlash imkonini beradi.

O‘zA