SUV SPORTI TURLARI BO‘YICHA O‘TAYOTGAN IX OSIYO CHEMPIONATIDA SPORTCHILARIMIZ MUVAFFAQIYATLI QATNASHMOQDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

200 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha musobaqada Xurshidjon Tursunov barcha raqibini ortda qoldirib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Yana bir sportimiz Aleksey Tarasenko ushbu masofaga suzishda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Qizlar o‘rtasida ishtirok etgan Maftunabonu To‘xtasinova ham terma jamoamiz hisobiga bronza medalni keltirdi.
100 metrga brass usulida suzishda Vladislav Mustafin g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Qizlar o‘rtasida Fotima Omilova kumush medalni qo‘lga kiritdi. 50 metrga batterflyay usulda suzishda sportchimiz Artem Kozlyukka teng keladigan topilmadi.
3 metrlik tramplindan suvga sakrash bo‘yicha musobaqada yurtdoshimiz Yuliya Nushtayeva uchinchi pog‘onani egallagan bo‘lsa, 10 metrlik platformadan sinxron sakrashda Yuliya yana bir vakilimiz Olga Morozova bilan birga kumush medal sohibasi bo‘ldi. Shuningdek, mazkur balandlikdan sakrash bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tgan bahslarda Bоtir Hasanov va Marsel Zaynetdinov ikkinchi o‘rinni egalladi.
O’zA