Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

SUVLI-BОTQOQLI HUDUDLAR VA HAYVONOT OLAMI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
SUVLI-BОTQOQLI HUDUDLAR VA HAYVONOT OLAMI

Suvli-bоtqoqli hududlar tabiatning ajralmas bo‘lagidir. Ular sayyoramizda ekologik muvozanatni saqlash, oziq-ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, biologik xilma-xillikni ta’minlash, jamiyatni barqaror rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu noyob tabiiy hududlarni muhofazalash maqsadida 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar shahrida suvda suzuvchi qushlarning asosiy yashash manzili bo‘lgan xalqaro ahamiyatga ega suvli-bоtqoqli hududlar to‘g‘risida xalqaro konvensiya qabul qilingan. Ayni paytda mazkur konvensiyaga bir yuz yetmishdan ko‘proq davlat, jumladan, mamlakatimiz ham a’zo.

O‘zbekiston Ekologik harakatida xalqaro ahamiyatga ega suvli-bоtqoqli yerlar va ularning hayvonot dunyosini muhofaza qilishdagi ahamiyatiga bag‘ishlangan seminarda shu haqda so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhi hamda O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda deputatlar, olimlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ekolog mutaxassislar va jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Q.Nosirov, O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Sanginov va boshqalar mamlakatimizda xalqaro konvensiya orqali zimmamizga olingan majburiyatlarni izchillik bilan bajarish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda qariyb bir million gektarni tashkil etadigan besh yuzdan ortiq ko‘l mavjud. Ushbu hududlar suv-bоtqoq sharoitiga moslashgan o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy. O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan qushlarning 37 turi shu joylarda hayot kechiradi. Shu bois bunday hududlarni muhofaza qilish, qushlarning yashash muhitlarini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Dengizko‘l va Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi xalqaro ahamiyatga ega suvli-bоtqoqli yerlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ayni paytda To‘dako‘l va Quyimozor suv omborini Ramsar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha vazirlik va idoralarning tegishli xulosalari olindi. Ekologik barqarorlikni saqlash, o‘simlik va hayvonot dunyosidan barqaror foydalanish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Sudoche, Qashqadaryo viloyatidagi Achchiqko‘l kabi qator suvli-bоtqoqli hududlarni ham Ramsar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Olimlar, mutaxassislar, jamoat tashkilotlari vakillari hamkorligida ushbu tabiiy hududlarda muntazam ravishda monitoring va kuzatuv ishlari o‘tkazilayotir. Bu jarayonda qushlarning hayot tarzi, migratsiyasi, ekologik muhitga inson omilining ta’siri o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Tadbirda Ramsar konvensiyasi va boshqa xalqaro hujjatlar doirasida amalga oshirilgan ishlar, ilmiy loyihalar muhokama etildi. 2016-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlari, tabiatni muhofaza qilishga oid boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq etish borasidagi ustuvor vazifalar xususida fikrlashildi.

O’zA