SUZISH. VLADISLAV MUSTAFIN YARIM FINALGA QADAR YETIB KELDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qozon shahri (Rossiya)da suv sporti turlari bo’yicha davom etayotgan Jahon chempionatida bugun suzish, suv polosi va xay-dayving bo’yicha musobaqalar o’tkaziladi.
Bugun bo’lib o’tadigan bahslarda hamyurtlarimizdan Yulduz Qo’chqorova (50 m. chalqancha usulda), Danil Tulupov (100 m. erkin usulda) va Aleksey Derlyugov (200 m. kompleks) ishtirok etadi. Kecha bo’lib o’tgan musobaqalarda bahslarga kirishgan terma jamoamiz a’zosi Vladislav Mustafin 50 metr masofaga brass usulida suzish bahslarida yarim finalga qadar yetib keldi.
Yarim final bahsida belgilangan masofani 27,79 soniyada suzib o’tgan Vladislav Mustafin final bahsida ishtirok etadigan kuchli sakkizlikdan o’rin ola bilmadi. Eslatib o’tamiz, 50 metr masofaga brass usulida suzish bo’yicha hal qiluvchi bahslar bugun kechki dasturdan o’rin egallagan.
Shu o’rinda ta’kidlash joizki, ushbu masofaga o’tkazilgan saralash va yarim final bahslarida marra chiziғiga birinchi bo’lib yetib kelgan sportchilar jahon rekordini yangilashga muvafaq bo’ldilar. Dastlab VAN DER BURGH Cameron (RSA) 26.62 soniya natija bilan dunyo rekordini o’rnatgan bo’lsa, kechki dasturda bo’lib o’tgan yarim final bahslarida PEATY Adam (GBR) 26.42 soniya ko’rsatkich bilan jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo’ldi.
Bugungi kunga kelib Xitoy davlati vakillari 11 ta oltin, 10 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo’lga kiritgan holda umumjamoa hisobida peshqadamlikni o’z qo’llarida saqlab turishibdi. Ikkinchi o’rinda borayotgan rossiyaliklar hisobida 9 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medali mavjud bo’lsa, uchinchi o’rinda borayotgan AQSh vakillari 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo’lishgan.
Manba: O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi matbuot xizmati.
«Jahon» AA