T.Norboyeva: Ayollarni qo‘llab-quvvatlash – insoniyatning umumiy taraqqiyoti yo‘lidagi strategik vazifa
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Jenevada Parlamentlararo Ittifoqning 151-assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etmoqda.
– Assambleya doirasida parlament ayol a’zolari forumida ishtirok etdik, – dedi T.Norboyeva. – “Birdamlik va ilhom: ayollarni o‘z yo‘lida qo‘llab-quvvatlash” mavzusida global ahamiyatga molik masalalar muhokama etildi. Barcha ishtirokchilar Toshkentda yil boshida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasining yuksak darajada tashkil etilganini alohida qayd etib, mazkur anjuman doirasida o‘tkazilgan xotin-qizlar forumining o‘ziga xos o‘rni va qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini e’tirof etdi.
Forumda har bir ayolning ovozi, uning orzusi va global hamjamiyatning birdamlik ruhi haqida fikr yuritildi. Shu ma’noda, O‘zbekistonda xotin-qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan kompleks yondashuvni ilgari surib, parlamentlararo hamkorlikni kuchaytirish, bilim va yetakchilik imkoniyatlarini kengaytirish hamda inqiroz sharoitida qolgan ayollarga amaliy yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan tashabbuslar taqdim etildi.
Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash – bu faqat milliy manfaat emas, balki insoniyatning umumiy taraqqiyoti va tinchlikka erishish yo‘lidagi strategik vazifa.
N.Abduraimova,
O‘zA
Танзила Норбоева