Ta’lim olish istagini bildirgan yoshlarning aksariyati rus tilini tanlayapti
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan hamkorlikda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida Xorijiy tillarni intensiv o‘qitish markazi ochildi.
Mamlakat taraqqiyoti har tomonlama yetuk kadrlarni tayyorlash, xalqaro bilim va tajribaga ega mutaxassislarni turli sohalar rivojiga faol jalb etishga ham bog‘liq. Bu jarayonda mutaxassislarning til bilish darajasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Xususan, “El-yurt umidi” jamg‘armasining O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan birinchi stipendiyalar tanlovining umumiy natijalariga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarning turli ta’lim dasturlari bo‘yicha tajriba orttirmoqchi, ta’limni davom ettirmoqchi bo‘lgan mutaxassislarning aksariyati rus tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarni tanlagan. Shuningdek, AQSh, Yevropa yoki sharq mamlakatlarida ta’lim olish istagini bildirganlarning til bilish darajalari ham Jamg‘arma tomonidan qo‘yilgan talablarga yetarli javob bermagan.
Shu jihatlar inobatga olingan holda, “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijda mutaxassislarni tayyorlash jarayonida eng birinchi vazifa, avvalo ularning til bilish darajasini yaxshilash ekanligi taklifini bildirib, ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.
Prezidentimizning 2019 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bunda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Unda jamg‘arma hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamkor tashkilotlar ko‘magida 2019 yilning 1 apreliga qadar hududlarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalarini olishga nomzodlarni xorijiy tillarga intensiv o‘qitish kurslarini tashkil etishi belgilangan edi.
Qaror ijrosi doirasida 2019 yilning 5 mart sanasida “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, Respublikamizning 22ta tayanch universitetlaridagi Kasbiy rivojlanish markazlarida til o‘qitish xablari tashkil qilindi.
Qarorda jarayonga mutaxassislarni jalb qilish, tinglovchilar kontingentidan kelib chiqqan holda, o‘quv kurslarini tashkil etish uchun ajratilgan auditoriyalarning moddiy-texnik bazasini shakllantirish choralari ham ko‘rildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetida 3 kun davomida mazkur xablar uchun 130 dan ortiq maxsus trenerlar tayyorlandi.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbus nafaqat “El-yurt umidi ” jamg‘armasi stipendiyalariga nomzodlarning xorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy ta’lim muassasalarida malaka oshirish hamda magistratura va doktorantura dasturlarida tahsil olishlari uchun imkoniyat yaratadi, balki til o‘rganishga ishtiyoqi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit-qizlarning chet tillarini bilish darajasini yaxshilashlariga amaliy yordam beradi.
Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetida joriy yilning 1 mayidan boshlab rasman tinglovchilar qabulini boshlovchi markaz 500 kv.m maydonda joylashgan. Ma’lum qilinishicha, bu yerda bir vaqtning o‘zida 100 nafar tinglovchi til bilish darajalarini yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi. Avvaliga markazda darslar ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha, keyinchalik esa yana qo‘shimcha tillar ham joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Ayni kunlarda ta’limga mutaxassis trenerlar jalb qilingan.
Kurslar dasturi O‘zbekistondagi Britaniya kengashi, Toshkent xalqaro Vestminster instituti mutaxassislari hamda chet tillarni o‘qitish bo‘yicha Buyuk britaniyalik mutaxassis Rod Bolayto bilan birgalikda yaratilgan. Umumevropa til kompetensiyalari talablari va Respublikadagi OTMlardan 300ga yaqin professor-o‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, zamonaviy o‘quv adabiyotlar, onlayn o‘qish imkoniyatlarini keng qo‘llagan holda tuzilgan kurs 4 oyga mo‘ljallangan.
Kursning onlayn modulini tashkil etish maqsadida oliy ta’lim tizimidagi professor-o‘qituvchilar uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Elektron ta’limni tatbiq etish markazi saytida maxsus yenglish.edu.uz platformasi yaratilgan. Bundan tashqari, o‘quv kur
slarida British Council (Britaniya Kengashi), Alliance Francaise (Fransuz Alyansi), Geothe Instit (Gyote instituti) kabi xalqaro tashkilotlarning malakali trenerlari ham ishtirok etishi rejalashtirilyapti.
Xuddi shu turdagi markazlar yaqin kunlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Buxoro va Samarqand viloyatlarida ham ish boshlaydi.
O‘zA