TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR MEVASI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Bolgariyada matematika fani bo’yicha o’tkazilgan 22-Xalqaro olimpiadada ellikdan ortiq mamlakatdan yetmish beshta oliy ta’lim muassasasi jamoalari qatnashdi. Mazkur bilimlar bellashuvida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Mexanika-matematika fakulteti talabalari ham o’z iqtidorlarini namoyish etishdi.
Jamoalar algebra va sonlar nazariyasi, geometriya, matematik analiz, kompleks analiz hamda kombinatorika sohalaridan tuzilgan murakkab masalalar bo’yicha bahslashishdi.
Natijalarga ko’ra, vakillarimizdan Hakimboy Egamberdiyev oltin, Behzod Qurbonboyev kumush medalga sazovor bo’ldi. Ushbu muvaffaqiyat yoshlarimizga Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — University College Londonning magistratura bosqichida o’qish imkonini berdi.
— Vakillarimizning intellektual salohiyati ishtirokchilarda katta qiziqish uyg’otdi, — deydi jamoa sardori, O’zbekiston Milliy universitetining Mexanika-matematika fakulteti matematik analiz kafedrasi assistenti Karim Rahimov. — Albatta, bularning barchasi mamlakatimizda yoshlarning yuksak aql-zakovat egasi bo’lib kamolga yetishlari yo’lida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufaylidir. Negaki, yurtimizda ta’lim sohasini isloh qilish, zamonaviy talablarga mos yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, o’quv-tarbiyaviy ishlar izchil takomillashtirilayapti, jahon andozalariga mos ta’lim standartlari amaliyotga keng joriy etilayapti. Xususan, davlatimiz rahbarining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori oliy ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularni zamonaviy darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, ilmiy laboratoriyalar bilan ta’minlashda dasturilamal bo’lmoqda.
O’zbekiston Milliy universitetida o’tkazilgan yosh matematiklarimizni taqdirlash marosimida ham yurtimiz ta’lim sohasida hayotga tatbiq etilayotgan ulkan ishlar o’z mevasini berayotgani hamda ularning mazkur muvaffaqiyati eng ulug’ va eng aziz bayramimiz — Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga munosib sovg’a bo’lganligi alohida ta’kidlandi.
UzA