TA’ZIM SIZGA, USTOZLAR!
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yoshlar ijod saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Kamolot”da mehmonda” loyihasi doirasida “Jahonda bo‘lmasa muallim agar...” mavzuida onlayn muloqot tashkil etildi.
Muloqotda O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Elyor Nosirov, Malika Ibrohimova, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Uzoq Jo‘raqulov, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faollari, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida o‘qituvchi va murabbiylik tom ma’noda qadr va e’zoz topgani, ulkan e’tibor va g‘amxo‘rlik natijasida ustozlar mehnati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, rag‘batlantirilgani alohida ta’kidlandi.
– O‘qituvchi, murabbiy, ustoz... Oddiygina bu so‘zlar zamirida shunchalik katta ma’no va mazmun borki, ta’riflashga til ojiz, – deydi O‘zbekiston xalq artisti Elyor Nosirov. – Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat, cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari jo‘sh uradi, hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado etib bo‘lmas qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi.
Muloqot davomida mamlakatimizning barcha hududlaridan internet tarmoqlari orqali kelgan 600 dan ortiq savolga mehmonlar tomonidan javob qaytarildi.
Tadbir doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashabbusi bilan mamlakatimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “25” nomli aksiya g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Unda “Mustaqillik mening taqdirimda” mavzuidagi taqdimotlar, “Eng ulug‘ va eng aziz” shiori ostidagi eng sara video va audiotabriklar, “Vatanimga dil izhori” shiori ostidagi fotosuratlar va videoroliklar g‘oliblari mukofotlandi.
O’zA