TABARRUK DIYORIMIZ JURNALIST NIGOHIDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizda Vatanimiz mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlab “Ozod yurt to‘lqinlari” IX media-festivali bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan mazkur loyihada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari, xorijiy diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasi raisi A.Saidov, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi F.Abduholiqov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, mazkur yo‘nalish rivoji uchun zarur barcha sharoitlarni yaratish, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda yaratilgan mustahkam qonunchilik bazasi barcha turdagi ommaviy axborot vositalarining erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishida muhim omil bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda kechayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, qo‘lga kiritilgan ulkan yutuq va marralarning ahamiyati, bugungi tinch va osoyishta, baxtiyor hayotimizning qadr-qimmatini xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodga yetkazishda nodavlat teleradio kanallar, bosma va internet nashrlarning ahamiyati o‘ziga xosdir.
Prezidentimizning 2016-yil 2-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tomonidan ham istiqlolimizni, jonajon Vatanimizda erishilgan asrlarga tatigulik yutuqlarni tarannum etishga oid ko‘plab ijodiy loyihalar o‘tkazilmoqda.
«Ozod yurt to‘lqinlari» media festivali hayotiy va ta’sirchan misollar orqali odamlar qalbiga yetib boruvchi materiallar tayyorlayotgan tele, radio ijodkorlarni rag‘batlantirish, ularni yangi marralar sari ruhlantirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu yilgi festival materiallarida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan shior mazmunining ochib berilishi, yurtimizda kechayotgan ulkan bunyodkorlik va yaratuvchanlik jarayonlarining ahamiyati, osoyishta kunlar shukronasini odamlar qalbi va ongiga teran yetkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Festivalda jamoat teleradiostansiyalari jamoalari o‘z ijodiy ishlari bilan faol qatnashdi. Ijodiy loyihaga taqdim etilgan ishlar «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan eng yaxshi teleradiomahsulot», «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturi ijrosini yoritishga qaratilgan eng yaxshi media-loyiha», «Eng namunali telestansiya», «Eng namunali radiostansiya» kabi nominatsiyalar bo‘yicha aniqlandi.
– Bugun har bir yurtdoshimiz o‘z hayotini, taqdirini, farzandlari kamoli va istiqbolini mustaqil Vatanimiz bilan uyg‘un ko‘radi, – deydi «Nukus FM» radiostudiyasi direktori Baxtbek Elmonov. – Biz o‘z radiolavhalarimizda Vatanimizning kun sayin o‘zgarib, go‘zallashib borayotgan qiyofasi, odamlar ongida, hayotida kechayotgan ijobiy o‘zgarishlar, yoshlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr, keksalarga bo‘lgan izzat-ikromni yorqin, oddiy misollar yordamida ochib berishga intilmoqdamiz.
Hakamlar hay’ati tomonidan onlayn ovoz berish yo‘li bilan turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Ularga festival statuetkasi, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O’zA