Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TABIAT MUHOFAZASI – DOLZARB MASALA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TABIAT MUHOFAZASI – DOLZARB MASALA

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida Orolbo‘yi hududida tabiiy iqlim barqarorligini ta’minlash, ekologik vaziyatni yumshatish, tabiatni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi vakillari, ekolog-olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda ekologik muammolarni yumshatish, bioxilma-xillikni saqlash va qayta tiklashga yo‘naltirilgan tizimli tadbirlar hayotga izchil tatbiq etilayotgani ta’kidlandi.

Orol dengizi suvining keskin kamayib ketishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarning atrof-muhitga, o‘simliklar dunyosi va hayvonot olamiga ta’siri, turli antropogen ta’sirlar, brakonerlik oqibatida biologik xilma-xillikka yetkazilayotgan ziyon, ayrim turlarning kamayib, yo‘qolib ketayotgani xususida ma’ruzalar tinglandi.

Bugungi kunda O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga baliqlarning 11, qushlarning 35, sut emizuvchilarning 12, sudralib yuruvchilarning 4 turi, Xalqaro “Qizil kitob”ga esa baliqlarning 4, qushlarning 20, sut emizuvchilarning 4, sudralib yuruvchilarning 1 turi kiritilgani ham tabiat muhofazasida ekologik vaziyat barqarorligini ta’minlash dolzarb vazifa ekanini ko‘rsatmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Sayg‘oq” davlat buyurtmaxonasi, “Sudoche” ornitologik davlat buyurtmaxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonun talablari asosida ushbu buyurtmaxonalar hududi rejimini saqlash, hayvonot va nabоtot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati o‘rnatilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2005-2012-yillarda BMT Taraqqiyot dasturiga muvofiq Global ekologik jamg‘armasi ishtirokida Amudaryo deltasida to‘qayzorlarni asrash va muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyihaga ko‘ra, umumiy maydoni 68 ming 717 gektar, shundan muhofaza qilinadigan hududi 11 ming 568 gektar bo‘lgan “Quyi Amudaryo biosfera rezervati” tashkil etildi. Bu yerda turli hayvonlar, xususan, Buxoro bug‘ularini muhofaza qilish, ularning yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratildi.

Ustyurt tekisligida sayg‘oqlarni muhofaza qilish va ularning yashashi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi “Majmua (landshaft) buyurtma qo‘riqxonalarini barpo etish va ularning faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Sayg‘oq” davlat buyurtmaxonasi bazasida besh uchastkani o‘z ichiga olgan 628,3 ming gektar maydon ajratish belgilandi. Bu uchastkalarda sayg‘oqlar va boshqa kam uchraydigan hayvonlar yashashi uchun yetarli shart-sharoit – sero‘tloq yaylovlar, suv manbalari yaratilgan. Shuningdek, boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida landshaftli buyurtmaxona hududida 219,8 ming gektar maydonda muhofaza zonasi tashkil etish rejalashtirilgan. Buning amalga oshirilishi sayg‘oqlar, kam uchraydigan hayvonlar va o‘simliklar populatsiyasi ko‘payishiga xizmat qiladi.

Atrof-muhit muhofazasi va ekologik muammolarni hal etishda tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayni paytda Mo‘ynoq tumani hududida “Mo‘ynoq akva sanoat” davlat unitar korxonasi tashkil etish va uning tasarrufiga umumiy maydoni 39,3 ming gektar bo‘lgan “Jiltirbas”, “Sudoche” va “Ribache” tabiiy suv havzalarini doimiy foydalanish uchun berish mo‘ljallanmoqda. Ushbu suv havzalariga tutash bo‘lgan Mo‘ynoq shahri hamda Qozoqdaryo posyolkasida joriy yilda “Ipoteka bank” krediti hisobidan baliq chavoqlarini yetishtiruvchi pitomnik va inkubatsiya sexlari ishga tushiriladi. 2017-yildan boshlab, korxona mazkur suv havzasida 1 million dona baliq chavog‘i yetishtirib, bu ko‘rsatkichni har yili 500 ming donaga ko‘paytirib borish rejalashtirilgan.

Joriy yilda 450 tonna baliq yetishtirish mo‘ljallanayotgan bo‘lsa, 2020-yilga borib, bu ko‘rsatkich 3 ming 500 tonnaga yetkaziladi. Baliqlar uchun to‘yimli ozuqa-em yetishtirish uchun “Mo‘ynoq akva sanoat” davlat unitar korxonasiga 100 gektar ekin maydoni ajratiladi. 2017-2018-yillarda korxona bazasida yiliga 375 tonna qayta ishlangan baliq va yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega sex barpo etish rejalashtirilgan. Korxonada sig‘imi 300 tonnalik muzlatkich kameralari ham quriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan atrof-muhit muhofazasi, tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish, qayta tiklash borasida dastur ishlab chiqilib, qat’iy nazorat qilinmoqda. Dasturga ko‘ra, Quyi Amudaryo irrigatsiya tarmoqlari havzasi tomonidan tabiiy ko‘llarda baliqchilikni, O‘rmon xo‘jaligi tomonidan asalarichilikni rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan ishlar natijasida joriy yilda 30,6 tonna shifobaxsh asal yetishtirish mo‘ljallanmoqda.

Matbuot anjumanida hayvonot va nabоtot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi qonun talablari va hukumat qarorlari ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ham atroflicha muhokama etildi.

O’zA