Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Tabiat muhofazasiga barchamiz mas’ulmiz

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Tabiat muhofazasiga barchamiz mas'ulmiz

Nukus suv va melioratsiya kasb-hunar kollejida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Ekologik harakati, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda suvdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

– Yoshlarga mintaqamizning asosiy suv manbai bo‘lgan Amudaryoni muhofaza qilish, uning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida atroflicha ma’lumot berildi, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi inspektori D.Otajonov. – Nukus shahrida yer, suv va havo atmosferasini muhofaza qilish bo‘yicha to‘rtta nazoratchi ish olib bormoqda. Asosiy suv yo‘li – “Do‘stlik” kanalining suv rejimini saqlash, uning ifloslanishi, sohilida noqonuniy qurilish ishlariga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilangan.

Tadbir doirasida yoshlar o‘rtasida “Tabiatdan qanday foydalanish kerak?” mavzusida muloqot o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi qonuni mazmun-mohiyati, tabiatni muhofaza qilishda jamoatchilik nazoratining o‘rni haqida tushunchalar berildi.

www.uza.uz