Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Tabiat musaffoligi yo‘lida

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Tabiat musaffoligi yo‘lida

Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida ekologik muhit barqarorligini ta’minlash, chiqindilarni qayta ishlashning huquqiy va amaliy mexanizmini yanada takomillashtirish vazifalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda ekologlar, poytaxtda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida tabiatni muhofaza qilish, chiqindilarning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’sirining oldini olishga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Yurtimizda bu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etishning mustahkam huquqiy va amaliy mexanizmi yaratilgan. Inson faoliyati va ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilarni yig‘ish, saqlash, tashish, zararsizlantirish, qayta ishlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlarida ishbilarmonlik muhitiga keng yo‘l ochilayotgani chiqindilarni qayta ishlash sohasida ham tadbirkorlikni rivojlantirishga zamin bo‘layotir. Bugungi kunda Toshkent shahrida yetmishga yaqin tadbirkorlik subyekti chiqindini qayta ishlash bo‘yicha faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalarda atrof-muhitga zarari yuqori bo‘lgan shisha, yelim, metall, rezina va boshqa chiqindilar qayta ishlanadi. Mazkur yo‘nalishdagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida chiqindini qayta ishlaydigan korxonalarga bir qator soliq imtiyozlari berilgan.

Chiqindilarni boshqarish va uni qayta ishlashni tashkil etishda hamkorlikni rivojlantirish muhim vazifalardan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-oktabrdagi «Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat hisobi va nazoratini olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorida ushbu yo‘nalishga oid keng qamrovli chora-tadbirlar belgilangan.

Davra suhbatida qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar mohiyati, chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash tizimini takomillashtirish istiqbollariga oid ma’ruzalar tinglandi. Tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarildi.

www.uza.uz