Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

TABIIY GAZNI HISOBGA OLISH AVTOMATLASHTIRILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
TABIIY GAZNI HISOBGA OLISH AVTOMATLASHTIRILADI

Mamlakatimiz dunyoda birinchilardan bo‘lib tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etmoqda.

Iqtisodiyotimizning jadal rivojlanayotgani gaz transporti infratuzilmasini yanada takomillashtirish, gaz quvurlari tizimidan foydalanish samaradorligini oshirgan holda, ichki va tashqi iste’molchilarni gaz bilan ta’minlashni yaxshilashni taqozo etmoqda. Ushbu vazifalarni hal qilish “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan.

Prezidentimizning 2006-yil 8-avgustdagi “O‘ztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, kompaniya gaz taqsimlash tarmoqlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish, tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berish va sotish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish samaradorligini oshirish va “zangori olov” uchun to‘lov intizomini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda kompaniya tomonidan 13,7 ming kilometrlik tabiiy gaz quvuri va tarmoqlaridan foydalanilmoqda. Ular orqali 4 million uy-joy va qariyb 80 ming ulgurji iste’molchiga gaz yetkazib berilmoqda. Shuningdek, 25 kompressor stansiyasi, 341 gaz taqsimlash stansiyasi va 2 yer osti gaz ombori yilning istalgan davrida “zangori olov”ni barqaror yetkazib berishni ta’minlamoqda.

Kompaniya profilaktika ishlari, gaz transporti tizimi obyektlarini texnik qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Chunonchi, gaz quvurlarini tashqi tomondan zanglashdan himoya qilish maqsadida uch mingga yaqin katodli himoya qurilmasi, yetti ming kilometrlik elektr toki uzatish liniyalaridan foydalanilmoqda.

Joriy yilda “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatida sifat jihatidan yangi bosqich boshlandi. Xususan, gaz sektorida nazorat qilish tizimini joriy etish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tizim gaz bozori ochiqligini ta’minlash, energoresurslarni tejash va sohani xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish imkonini beradi.

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi loyihasini amalga oshirish guruhi rahbari Shahnoza Islomovaning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mamlakatimiz maishiy sektorida tabiiy gazdan foydalanuvchilarning 55 foizdan ortig‘ida gazni hisoblash asboblari o‘rnatilgan. Biroq, ma’lumotlar to‘plashni boshqarish bo‘yicha zamonaviy tizimning yo‘qligi gazdan foydalanish va hisobga olishni samarali nazorat qilish imkonini bermaydi. Tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyiha aynan ushbu dolzarb masalani hal qilishga qaratilgan.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz dunyoda birinchilardan bo‘lib ushbu yangi texnologiyani joriy etishga kirishmoqda. Bugungi kunda hech bir davlatda ushbu tizim keng miqyosda joriy qilinayotgani yo‘q. Faqat rivojlangan davlatlardagina tajriba loyihalari amalga oshirilmoqda, xolos. Mazkur loyihani joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad, “zangori olov”dan foydalanishni aniq, ishonchli va to‘liq hisobga olish, tabiiy gaz uzatishda talafotning oldini olish va kamaytirish, iste’molchilarning to‘lov intizomini ta’minlash imkonini beradigan yangi elektron hisobga olish uskunalarini o‘rnatish orqali tabiiy gazni hisobga olish tizimini yanada takomillashtirishdan iborat.

Ayni paytda mutaxassislar poytaxtimizning Mirobod tumanida ushbu uskunalarni sinovdan o‘tkazmoqda. Taxminlarga ko‘ra, tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent shahri va viloyatida 2016-yilning oxiriga qadar joriy etiladi.

Loyihaning dastlabki bosqichida Toshkent shahri va viloyatida 1 milliondan ortiq hisoblagich o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 2016-2017-yillarda tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida joriy etiladi. 2017-2018-yillarda esa Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Navoiy va Buxoro viloyatlarida, 2020-yilning oxirigacha Qaraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida ushbu tizim amaliyotga tatbiq etiladi. Mamlakatimiz bo‘yicha jami 3,5 millionga yaqin shunday hisoblagich o‘rnatiladi.

Tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi tarkibiga gazni hisobga olish uskunasi, ma’lumot to‘plash, ishlov berish va uzatish bo‘yicha hamda axborot texnologiyalari yordamchi tizimi, aloqa liniyasi va telekommunikatsiya qurilmalari kiradi. Bugungi kunda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tomonidan Toshkent shahri va viloyatida tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha tender e’lon qilindi. Ishchi organ manziliga (“O’ztashqineftgaz” aksiyadorlik jamiyati) bir necha kompaniyalardan “Toshkent shahri va viloyatida tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir tender savdolari bo‘yicha takliflar kelib tushgan. Ayni paytda ishchi organ tomonidan bu boradagi barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

WWW.UZA.UZ