Tabobat muassasalari yangi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlanadi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi “Salomatlik-3” loyihasi doirasida tuman tibbiyot birlashmalari uchun 100 ta yangi avlod statsionar rentgen diagnostika tizimini xarid qilmoqda, deya xabar beradi Uzbekistan Today axborot agentligi.
Bu qurilmalar xarid qilingan ushbu turdagi qurilmalarning ikkinchi partiyasidir. Qurilmalarning birinchi partiyasi o’tgan yili xarid qilinib, tuman tibbiyot birlashmalarida o’rnatilgan edi.
Sog’liqni saqlash vazirligi bunday qurilmalarning ikki turini xarid qilmoqda. Ulardan qirqtasi poliklinikalar, qolganlari esa shifoxonalar uchun mo’ljallangan.
Loyiha doirasida bunday qurilmalar bilan barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalari jihozlanadi. Ularning ko’pchiligida 20 yildan beri rentgen qurilmalari yangilanmagan edi. Mazkur yangi qurilmalar amalda foydalanayotganlaridan raqamli ekanligi bilan ajralib turadi.
“Jahon” AA